Chiniqqanlardan chempionlar chiqadi

18:41 15 May 2019 Sport
486 0

Boʻka tumani mahallalari oʻrtasidagi navbatdagi musobaqani qaysi hududda oʻtkazish haqidagi masala bahs va munozaralarga sabab boʻldi. Koʻpchilik “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻinidagi toʻliq qayta taʼmirdan chiqarilgan stadionni taklif qildi. Bu fikrda jon bor, albatta. Keyingi bir oy ichida qishloq ham, uning markazi ham obod manzilga aylandi. Mol boqishdan boshqasiga yaramay qolgan futbol maydoni ham butunlay yangicha qiyofaga ega boʻldi. Atroflari oʻraldi. 250 ta oʻrindiq oʻrnatildi. Darvozalar boʻyalib, toʻrlari yangilandi.

Kattagina ariqdan stadionga olib oʻtadigan bir oyoqli yakkachoʻp oʻrniga kengligi 2,5 metr keladigan mustahkam koʻprik qurildi. Katta stadion oldida minifutbol maydonchasi ishga tushirildi. Eng muhimi, bu yer gavjum maskanga aylandi. Yoshlar bogʻida voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi maydonchalari barpo etildi. “Boʻston” futbol jamoasi qayta tiklandi. Endi u viloyat birinchiligi musobaqalarida qatnashmoqda.

Besh tashabbus — amalda

Musobaqa oʻtkazish uchun yana qanday joy kerak?

“Boʻston”ning dovrugʻi doston boʻldi.

— Musobaqani boshqa hududda tashkil etish kerak, — dedi bir guruh tashkilotchilar.

Ularning fikricha, “Chavlisoy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi stadion juda mos keladi. Bu yerda ham futbol maydonini toʻla qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 300 tomoshabinga moʻljallangan oʻrindiqlar oʻrnatildi. Yugurish yoʻlakchalari barpo etilmoqda.

— Tadbirni tashkil etishda “Yangiqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 3 ming oʻrinli stadiondan yaxshisi yoʻq.

Bu fikrni yana bir guruh tashkilotchilar oʻrtaga tashladilar. Garchi oʻrindiqlar sifati talabga javob bermasa-da, koʻp tomoshabinlarni yigʻib olish mumkin. Maydonga yoritqich uskunalari oʻrnatildi, taʼmirlash ishlari oʻz yoʻli bilan davom etaveradi.

Tuman markazidagi stadionda ham barcha shart-sharoit mavjud.

— Bularning hammasi yaxshi. Lekin tadbirni “Ravot” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazganimiz maqsadga muvofiq, — deydi tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi Temur Karimov. — Birinchidan, shu kunga qadar qishloqda yirik tadbir tashkil qila olmadik. Qolaversa, amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlarining ham koʻlami keng.

Darhaqiqat, mahalliy tadbirkorlar bankning imtiyozli kreditlari hisobidan uchta sunʼiy qoplamali minifutbol maydonchasini qurishmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tumanga topshirilgan 300 million soʻmlik sport inventarlarining bir qismi aynan mana shu hududga berilgan.

Tadbir qayerda oʻtkazilishining ahamiyati yoʻq emas. Lekin, eng muhimi, sharoitning borligi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha Boʻka tumanida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha ham keng qamrovli ishlar davom ettirilyapti. Masalan, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli suzish havzasini qayta taʼmirlash uchun kuni kecha mahalliy byudjetdan 220 million soʻm mablagʻ ajratildi. 3-umumtaʼlim maktabida sport zali qurilishi ishlari boshlab yuborilgan. Buning uchun markazdagi jamgʻarmalarning biri 300 million soʻmlik mablagʻ ajratadigan boʻldi. Bunday misollarni yana koʻplab keltirish mumkin.

Yaratilgan shart-sharoitlardan maqsadli va samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sport samaradorligiga erishishga yoshlar tayyormi?

— Tayyor, — deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Murodjon Zufarov. — Tumanda sport toʻgaraklari va musobaqalariga 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 7 ming 442 nafar oʻgʻil-qiz qamrab olinadi. Oʻtgan bir oy ichida umumtaʼlim maktablarida sportning 14 turi boʻyicha 50 ta qoʻshimcha toʻgarak tashkil etildi.

Toʻgaraklarga umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari rahbarlik qilishmoqda. Bu ishlar jamoatchilik asosida amalga oshirilmaydi. Oʻqituvchilar oʻrindoshlik asosida bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga murabbiylik lavozimiga ishga qabul qilinmoqda.

Murabbiylarni qayta tayyorlash maqsadida mamlakatimizning eng nomdor sportchi ustozlari bu yerda mahorat darslarini tashkil etishdi. Dastlabki natijalar ham koʻzga tashlanib qoldi. Tuman Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha viloyatda oʻtkazilayotgan musobaqada gʻolib boʻldilar. Futbol boʻyicha qishloq tumanlari oʻrtasida tashkil etilgan viloyat birinchiligi bellashuvlarida boʻkaliklar ikkinchi boʻlishdi.

Bu boshlanishi, oldinda yirik musobaqalar, bellashuvlar bor. Ularda boʻkaliklar munosib ishtirok etishadi. Erta-indin tuman yoshlari orasidan chempionlar ham chiqadi.

Rahmatilla ShERALIYEV “Xalq soʻzi”.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?