Chimkentdagi kafelardan birida otishma sodir boʻldi

16:48 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
110 0

Kecha Qozogʻistonning Chimkent shahridagi kafelardan biriga nomaʼlum shaxslar kirib kelib, bir necha bor oʻq uzishgan. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Hozirga kelib ushbu voqea oqibatida bir kishi hayotdan koʻz yumgani va 5 nafari yaralangani maʼlum. Turli darajada jarohat olgan shaxslar shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyi koʻzdan kechirilganda, jinoyat sodir etilgan qurol ham topilgan. Ayni paytda zarur ekspertiza tayinlanib, ushbu davlat jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha sudgacha boʻlgan surishtiruv belgilangan.

- Gumondorlarning shaxslari aniqlangan, ularni qoʻlga olish choralari koʻrilyapti. Prokuratura va politsiya departamenti rahbariyati ushbu ish boʻyicha surishtiruvni shaxsan oʻz nazoratiga olgan. Qolgan maʼlumotlar tergov manfaatlaridan kelib chiqib oshkor etilmaydi, - deyiladi Chimkent shahri politsiya departamenti matbuot xizmati xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?