Chilonzordagi toʻyda “oʻq uzishlar” bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritildi

16:00 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
4304 0

Internet tarmogʻida toʻydagi mehmonlardan biri osmonga qarata toʻpponchadan oʻq uzayotgani aks etgan video tarqamoqda.

Mazkur fakt boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz. Toshkent shahar IIBB tomonidan mazkur video oʻrganildi, videodagi odamlarning, xususan oʻq uzgan kishining shaxsi aniqlandi.

"Oʻq uzgan kishi — Toshkent viloyatilik 25 yoshli Salixov Ulugʻbek ekanligi maʼlum boʻldi. Uning soʻzlariga qaraganda, u qarindoshi boʻlmish kuyovga toʻy kuni kuyov-joʻralik qilgan. 19-sentyabr kuni kuyov va uning doʻstlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida, Ulugʻbek keyinchalik “qiziqarli rolik” tayyorlash uchun bozordan sotib olgan oʻyinchoq plastmass toʻpponchani osmonga koʻtargan. Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan. 4-oktyabr kuni kechqurun Ulugʻbekning oʻzi videoni montaj qilib, oʻq uzish tovushlarini qoʻshgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?