Chilonzorda 22 ming 600 AQSH dollarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qoʻlga olindi

17:47 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
309 0

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan chet el valyutasi savdosi bilan noqonuniy ravishda shugʻullanib kelayotgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 2 nafar fuqarolar “Lasetti” avtomashinasi ichida 22 ming 600 AQSH dollarini 7950 soʻmdan hisoblab jami 179 mln. 600 ming soʻmga sotishayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olindi.

Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan 22 ming 600 AQSH dollari mazkur holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan bayonnoma va boshqa protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?