Chilonzorda 1 million 400 ming dollar evaziga yer sotmoqchi boʻlgan hokimlik mutasaddisining sherigi poytaxt hokimligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari ekanligi aniqlandi

20:23 30 Iyun 2020 Jamiyat
393 0

Chilonzor tumani hokimligi boʻlim boshligʻi 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qoʻlga tushgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.

Бош прокуратуранинг маълум қилишича, 2020-yil 22-iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga Chilonzor tumanidagi 1 gektar futbol maydoni (bir sotixi 14.000 AQSH dollaridan baholanib) jami 1 million 400 ming AQSH dollariga sotish rejalashtirilayotgani, mazkur “savdo” boshida Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.A. (1968-y.t.) va Chilonzor tuman hokimligi investitsiya va turizmni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi X.Sh. (1985-y.t.) turgani haqida tezkor maʼlumot kelib tushadi.

Dastlabki surishtiruvda “yer egalari” shu joyga qiziqqan tadbirkordan 50 ming AQSH dollarini avval (“zakalat” tariqasida), qolganini bir hafta ichida, yaʼni hujjatlar tayyor boʻlganidan soʻng berishni talab qilishayotgani aniqlanadi.

Holat boʻyicha shu yilning 24-iyun kuni DXX Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazgan tadbirda B.A. 50.000 AQSH dollarini olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanadi.

Qoʻlga olingan pullarni Chilonzor tuman hokimligi boʻlim boshligʻi X.Sh.ga olib borib berishi lozimligini aytganidan soʻng tezkor tadbir davom ettiriladi. Va ertasi kuni X.Sh. “hamkori” B.A.dan 50.000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtda u ham qoʻlga olinadi.

Ayni paytda holat boʻyicha pora olish (JK, 20-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilish (JK, 212-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumondorlar protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?