Chilonzor tumanida 1127 ta muammoli masalalarga yechim topildi

10:15 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
125 0
Arxiv foto

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻiga biriktirilgan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 65518 ta xonadonlar oʻrganilganda va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida fuqarolar tomonidan koʻtarilgan 1127 ta muammoli masalalarga yechim topildi.

Yashash sharoiti ogʻir boʻlgan 6 ta xonadonning uy-joylari taʼmirlandi 25 ta xonadonda esa taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol boʻlib ulgʻayishi yoʻlida koʻrsatilayotgan cheksiz gʻamxoʻrliklar, ularni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk insonlar etib ulgʻaytirish muhim masalalardan biri. Toʻrtinchi sektorda bugunga kelib, 8 ta bolalar maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi. Hozirda 12 ta bolalar maydonchasi qurilishi yakunlanish arafasida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?