Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli toʻlovga sotib olish imkoniyati yaratildi

12:25 10 Aprel 2019 Jamiyat
2123 0

GM Uzbekistan “Oʻzagrosugʻurta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli toʻlovga sotib olishni taklif qiladi.

Xaridorlar 215 mln soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga Malibu Turbo, 190 mln soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga Malibu, hamda 128 mln soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini ikki yil davomida foizsiz boʻlib toʻlashlari mumkin.

Buning uchun esa muddatli toʻlovga berilayotgan summaning 4,5 foiz miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli toʻlov summasining garov qiymatidan 2 foiz miqdorda sugʻurta polisi toʻlovini amalga oshirish kifoya.

Avtomobillar uchun sugʻurta toʻlov summasi quyidagicha:

Tracker A/T — 1 753 611 (2%) va 3 945 625 (4,5%)

Tracker M/T —1 126 177 (2%) va 2 533 898,48 (4,5%)

Malibu — 1 715 635 (2%) va 3 860 178 (4,5%)

Malibu Turbo— 1 741 244 (2%) va 3 917 799 (4,5%)

Avtomobil uchun toʻliq toʻlov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda boʻladi. Oylik toʻlovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

Qayd etish joizki, shartnoma muddati va toʻlov shartlari buzilishga yoʻl qoʻyilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Muddatli toʻlovga faqat dilerlarda mavjud avtomobillar qoʻyilgan boʻlib, ularning soni chegaralangan.

GM Uzbekistan mijozlarga avtomobil xaridi jarayonida qulayliklar yaratishda davom etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?