Chet elliklar qanday qilib Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olishlari mumkin?

15:38 29 May 2019 Jamiyat
193 0

Illyustrativ foto

Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, 111 ta mamlakat fuqarolariga quyidagi miqdorda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olish huquqi berildi:

- Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 400 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

- Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida – 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda.

Endilikda gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yoʻriqchilarning xizmatlari oliy yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim toʻgʻrisidagi diplomi yoki gidlar yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Ilgari mazkur faoliyat faqat Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikatini olgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?