Chet el fuqarolarining propiska olish tartibi belgilandi

16:49 30 Avgust 2018 Jamiyat
410 0

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati tasdiqlandi.

Endilikda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy propiska qilish quyidagi roʻyxat asosida amalga oshiriladi:

qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega boʻlgan chet el davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar – xususiy mulk qilib olingan uy-joyga;

qarindoshlar – mazkur Roʻyxat kuchga kirgunga qadar oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;

er (xotin) – xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan boʻlsa;

vasiylik va homiylikdagi shaxslar – vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;

ota-onasi boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar – oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;

davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek, ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) – mazkur shaxslar lavozimda turadigan davrga;

Oʻzbekistonda tugʻilgan yoki ilgari doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar – doimiy yashash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) qaytib kelganida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?