Chempionlar ligasida o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar ma’lum bo‘ldi

11:32 10 Avgust 2018 Sport
394 0
Foto: UYEFA

UYEFA Chempionlar ligasining 2017/18 yillar mavsumi yakunlariga ko‘ra har bir pozitsiya bo‘yicha eng yaxshi deb e’tirof etish uchun nomzodlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarning teng yarmi musobaqada “Real” sharafini himoya qilgan o‘yinchilardan tashkil topgan.

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar 30 avgust kuni Monakoda, Yevrokuboklarning yangi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi vaqtida e’lon qilinadi.

Nominantlar ro‘yxati quyidagicha:

Darvozabonlar: Alisson (“Roma”), Keylor Navas (“Real”), Janluiji Buffon (“Yuventus”);

Himoyachilar: Rafael Varan, Marselo, Serxio Ramos (barchasi – “Real”);

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi – “Real”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);

Hujumchilar: Muhammad Saloh (“Liverpul”), Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Real”).

Ushbu nomzodlar YECHL o‘tgan mavsumining guruh bosqichida ishtirok etgan 32 jamoaning bosh murabbiylari, shuningdek, UYEFAga a’zo barcha assotsiatsiyalardan 55 nafar jurnalist o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra tanlab olingan. Bunda murabbiylarning o‘z shogirdlariga ovoz berishlari taqiqlangan.

YECHL 2016/17 yillar mavsumining eng yaxshilari quyidagi futbolchilar bo‘lishgandi:

Darvozabon: Janluiji Buffon (“Yuventus”)

Himoyachi: Serxio Ramos (“Real”)

Yarim himoyachi: Luka Modrich (“Real”)

Hujumchi: Krishtianu Ronaldu (“Real”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?