“Chelsi” klubining asosiy darvozaboni “Real”ga o‘tmoqda

15:40 08 Avgust 2018 Sport
307 0
Foto: mundodeportivo.com

“Chelsi” darvozaboni Tibo Kurtua yaqin vaqtlar ichida “Real” a’zosiga aylanadi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, “Qirollik klubi”dagilar belgiyalik futbolchi payshanba kuni Madridga kelib tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnomaga imzo chekishini kutishmoqda.

Dastlabki xabarlarda futbolchining transferi 35 million funtga baholangandi.

Oxirgi xabarlarda esa ushbu transfer doirasida “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich ijara asosida “Chelsi”ga o‘tishi aytilgandi.

Kurtua “oyoq tirab, “Real”ga qo‘yib yuborishni talab etib, klub mashg‘ulotlariga boykot e’lon qilgan.

“Chelsi” Kurtua o‘rniga Ispaniyaning “Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalagani 80 million yevro evaziga transfer qilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?