“Cheksiz qoʻrquv daqiqalari”, “hayotimdagi eng yomon lahzalar”: Dunyo sport olami koronavirus bilan qanday kurashmoqda? Koronavirusni birinchilardan boʻlib yuqtirgan sportchilarning hikoyalari

19:06 06 Aprel 2020 Dunyo
463 0

arxiv foto

Koronavirus pandemiyasi tufayli jahon sporti olami ham nomaʼlum muddatga tanaffusda. Musobaqalar toʻxtab qoldi. Har toʻrt yillikning nufuzli musobaqasi — yozgi Olimpiada va Parilmiya oʻyinlari qoldirildi. Shu bois mazkur soha ham juda katta moliyaviy yoʻqotish iskanjasida. Hozircha bu borada aniq raqamlar aytilmayapti. Ammo...

Biz tabiatan eng chidamli, shunga mos ravishda immun tizimi mustahkam deb bilgan sportchilar orasida ham mazkur virusni yuqtirib olganlari bor. Quyida ushbu dardni oʻz tanasida his qilgan ayrim sportchilarning boshidan oʻtkazganlari haqida hikoya qilamiz.

Ushbu xavfli infeksiyani sportchilar orasida birinchi boʻlib basketbolchi, “Yuta Jaz“ klubi va Fransiya terma jamoasi aʼzosi Rudi Goberda aniqlandi. Shundan soʻng Milliy basketbol ligasi (MBA)da koronavirusni yuqtirgani tasdiqlangan sportchilar safi kengaydi. Masalan, keyinchalik “Bruklin Nets“ klubi va AQsh terma jamoasi aʼzosi Kevin Dyurantning ham ushbu kasallikka chalingani maʼlum boʻldi. Hozir ular tuzalib ketgan.

“Hid va taʼmni yoʻqotish koronavirusning alomatlaridan biridir. Eslatib oʻtmoqchiman: qoʻllaringizni sovun bilan tez-tez yuvib turing, yuzingizga, buruningizga, koʻzingizga tegmaslikka harakat qiling va, albatta, keraksiz kontaktlardan qochishga harakat qiling. Men bundan keyin bunga jiddiyroq yondashishni istardim, umid qilamanki, hamma buni uddalaydi”, deydi Gober.

Koronavirus pandemiyasi Yevropaga kelganida, birinchi boʻlib uning belgilari asosan Italiya futbolida paydo boʻldi

Garchi Italiya chempionati quyi ligasi jamoalari aʼzolarida virus aniqlangani haqida xabarlar paydo boʻlgan boʻlsa-da, A Seriya oʻyinlari davom ettirilayotgan edi. Ammо Turinning “Yuventus”klubi va Italiya terma jamoasi himoyachisi Daniyele Ruganiga ushbu tashxis qoʻyilganidan A Seriya toʻxtatib qoʻyildi. Keyinchalik,“Sampdoriya“ning 15 nafar aʼzosida, “Yuventus“ning yana ikki futbolchisi — yarim himoyachi Blez Matuidi va hujumchi Paulo Dibalada koronavirus aniqlandi. Kasallikka chalinganlarning aksariyati allaqachon sogʻaygan. Ammo baʼzilarida kasallik jiddiy oʻtgan.

“Menda qattiq yoʻtal bor edi. Charchab, uxlab yotganimda sovuqqotdim. Klub bizga vitaminlar berdi va vaqt oʻtishi bilan oʻzimizni yaxshi his qildik. Bu psixologik narsadir, dastlab siz qoʻrqasiz, ammo keyin hammasi oʻz joyiga qaytgandek boʻladi. Keyin tez charchaydigan boʻldim. Mashq qilishni xohlasamda, horgʻinlik kuchli edi, besh daqiqadan keyin boʻgʻilib qolaverdim.

Yashirmayman — men juda qoʻrqdim. Keyin tanamda biron bir narsa notoʻgʻri ekanligini angladim. Bu virus oddiy narsa emas“, degan Dibala klub televideniyesiga bergan intervyusida.

Virus Rugani bilan birga uning homilador qiz doʻsti Mikela Persiko yuqqan. Shifokorlar uni koronavirusning bolaga taʼsir qilmasligiga ishontirishdi, ammo u hali ham bu haqda stressni boshdan kechirmoqda.

“Men toʻrtinchi oydaman, endi nima boʻladi? Men bu haqda gapira olmayman, faqat kutishim mumkin. Virus bolaga taʼsir qilmaydi deb umid qilaman. Shifokorlar bu muammo emasligini aytadilar, lekin oʻzingizni mening oʻrnimga qoʻying. Juda qoʻrqinchli ”, dedi u.

“Bu mening hayotidagi eng yomon lahzalar“. Bu soʻzlar ispaniyalik darvozabon Pepe Reynaga tegishli. Uning aytishicha, koronavirus infeksiyaning asosiy xavfi bir muncha vaqt nafas ololmaslikdir. Bu esa juda qoʻrqinchli. Bir necha hafta davom etgan muolajadan soʻng “Vest Xem Yunayted” darvozabonining salomatligi tiklandi va u mashgʻulotlarga kirishgan.

“Ogʻir dam, men nafas ololmasdim. Chunki 25 daqiqa davomida menda kislorod deyarli yoʻq edi. Imkonsiz cheksiz lahzalari, goʻyo nimadir tomogʻimni toʻsib qoʻygandek edi”, — degan Reyna “Korriere dello Sport” nashriga bergan intervyusida.

Ispaniyalik futbolchining soʻzlariga koʻra, unda virus aniqlanishidan ancha oldin oʻzini yomon his qila boshlagan. Uni doimiy charchoq, isitma, quruq yoʻtal va bosh ogʻrigʻi bezovta qilgan.

Keyinchalik Ispaniya futbolida ham koronavirus bilan bogʻliq noxush xabarlar koʻpaydi. Masalan, “Valensiya” klubini futbolchilari va ishchilarining 35 foizi ushbu infeksiya aniqlandi. Ular orasida Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi sobiq himoyachisi Esekiyel Garay ham bor edi.

Argentinalik futbolchi uchun eng yomoni uni yakkalab qoʻyishgani boʻlgan. U ham sogʻaygan. Bu hodisani Garay “Bu — gʻalaba” deya yozgan.

Ushbu kasallik hamma sportchilarda ham oson oʻtmayapti. Masalan, bir necha kun oldin, bir qator manbalar, Turkiya milliy terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Ryushtu Rechberning sogʻligʻi jiddiy muammolarga duch kelgani va reanimatsiyada ekani haqida xabar bergan edi. Bu orada muxlislar hatto 46 yoshli darvozabonning rafiqasini unga virusni yuqtirganlikda ham ayblashdi. Ammo uning testida salbiy natija chiqqan.

Oʻz vaqtida “ Beshiktosh“ “ Fenerbaxche“ “ Barselona“ va “ Antalyaspor“ jamoalarida yorqin oʻyin namoyish etgan faxriy futbolchining ayni paytda ahvoli yaxshi tomonga oʻzgargani aytilmoqda. Fanatikʻning yozishicha, u oʻzini ancha yaxshi his qilmoqda va allaqachon oddiy palataga oʻtkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?