Chegarani buzib, 45 ming dollardan ortiq va 1000 tenge pulni noqonuniy olib oʻtayotgan shaxs ushlandi

03:15 01 May 2020 Jamiyat
428 0

Barchamizga maʼlumki, butun dunyo koronavirus pandemiyasi tarqalishi oldini olish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrish vaqtida ayrim nopok shaxslar oʻz nafsini ustun qoʻyib, yurtimizga boʻlgan xavfni oshirmoqda. Ana shunday shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlariga chek qoʻyilmoqda.

Sirdaryo viloyatining qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh hududida xizmat vazifasini olib borayotgan DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari mamlakatimiz hududiga noqonuniy ravishda davlat chegarasini buzib kirib kelayotgan nomaʼlum shaxsni koʻrishadi. Oʻz vaqtida olib borilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzar 1998-yilda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tugʻilgan fuqaro N.A. qoʻlga olinadi. Qonunbuzar belgilangan tartibda tekshirilganda uning yonidan noqonuniy olib oʻtilayotgan 45 400 AQSH dollari va 1000 qozoq tengesi borligi aniqlandi.
 

Shundan soʻng, chegara buzgʻunchisi Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani davlat sanitar-epidemiologik osoyishtalikni saqlash markazi xodimlariga tegishli tartibda nazoratdan oʻtkazish uchun topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?