Chegarada 1,3 tonnadan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi

14:20 01 Noyabr 2018 Jamiyat
973 0

Tojikiston chegarasida ushbu davlat chegarachilari tomonidan oʻtgan toʻqqiz oyda 1 ming 350 kilogramma narkotik moddalar musodara qilingan.

“Avesta”ning yozishicha, shundan qariyb 87,2 kg.i geroin, 472,5 kg.i opium, 605,5 kg. nasha, 183,8 kg.i kanabis, 127,7 kg.i boshqa turdagi giyohvandlik moddalaridir.

Hisobot davrida chegarachilar kontrabandachilar oʻrtasida 20 ta qurolli toʻqnashuv boʻlgan, 11 nafar jinoyatchi yoʻq qilingan, 35 nafari ushlangan, 21 ta oʻqotar qurol, mingta patron, 119 ta qoʻl granatasi va portlovchi moddalar kabilari olib qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?