“Changan”larni noqonuniy olib kirishga boʻlgan urinish fosh boʻldi

17:44 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
209 0

Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, postga xorijdan olib kelingan 9 ta “Changan” rusumli avtomashina bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada avtomobillar hujjatlari aslida boshqa modelga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi.

Hozirda umumiy qiymati 1,1 milliard soʻmlik avtomashinalar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?