Chandrayan-2 Oy atrofida aylana boshladi

13:52 21 Avgust 2019 Dunyo
104 0

Hindistonning Chandrayan-2 kosmik kemasi Yerdan uchgandan deyarli bir oydan soʻng tabiiy yoʻldosh atrofida aylana boshladi, deb xabar berdi BBC.

Hindiston qiymati 145 million dollarga teng ushbu apparat Oyning janubiy qutbiga qoʻnishda peshqadamlikni qoʻlga kiritishidan umid qilmoqda.

Olimlar Chandrayan-2 6 yoki 7-sentyabr kuni Oy sirtiga qoʻndirilishini aytmoqda.

Missiyaning asosiy vazifasi Oy yuzasida suv va boshqa minerallarni izlash, zilzilalarni qayd etish va tahlillashdan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?