Dunyo

Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlar soni 4 mingga yaqinlashdi

Qirgʻizistonda 25-iyun holatiga koʻra, yana 228 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

22:33 25 Iyun 2020
Rossiyaning yana bir klubida 6 nafar futbolchi koronavirus yuqtirib oldi

Qayd etilishicha, 23-turdagi “Lokomotiv” — “Orenburg” oʻyini oldidan oʻtkazilgan barcha test natijalari manfiy chiqqan.

22:27 25 Iyun 2020
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida kasallik avj olmoqda

Mamlakatda shu vaqtgacha 481 mingdan ortiq zararlanish holati qayd etilgan, 15 042 kishi halok boʻlgan.

21:39 25 Iyun 2020
Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri koronavirusga chalingani uchun lavozimdan ozod etildi

Vazir koronavirus tashxisi bilan 14-iyundan buyon yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan edi.

21:21 25 Iyun 2020
Xalqaro tashkilotlar vakillari Yuqori Chirchiq tumanidagi Karantin markazi bilan tanishdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Karantin markazida boʻldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

20:54 25 Iyun 2020
Hindistonda 23 kishi chaqmoq urishi oqibatida hayotdan koʻz yumdi

2019-yil iyul oyida Biharda chaqmoq urishi oqibatida 39 kishi hayotdan koʻz yumgan edi.

18:28 25 Iyun 2020
Mirzaobod qovunlari — Riga bozorlarida

“Red Pack” korxonasi eksport uchun sifatli mahsulotlar yetkazib berish uchun harakat qilmoqda. Ayni paytda korxona Mirzaobod tumanida 4 gektar maydonda 5 milliard soʻmdan ortiq investitsiya evaziga muzlatkich qurishni boshladi.

13:36 25 Iyun 2020
Xitoyda smartfonlar uchun ishlab chiqilgan QR kodlar COVID-19 tarqalishining oldini olishga yordam bermoqda

Xitoyning eng gavjum shaharlaridan biri boʻlgan Xanchjou shahrida koronovirus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan standart ishlab chiqildi.

12:22 25 Iyun 2020
AQSHda prezidentlikka boʻlajak saylovlarda nomzodlarni ilgari surish boʻyicha qurultoylar turli shakllarda oʻtkaziladi

“Sogʻliqni saqlash mutasaddilari bilan COVID-19 pandemiyasi toʻgʻrisida maslahatlashgandan soʻng, kongress tashkilotchilari shtatlar delegatsiyalari Miluokiga kelmasliklari haqida qaror qabul qildi. Qayd etilishicha delegatsiyalar qurultoyda masofadan turib ishtirok etishlari darkor”, deya NBC telekanali maʼlumotiga iqtibos keltiradi RIA “Novosti” axborot agentligi.

11:22 25 Iyun 2020
“Rosaviatsiya” MDH davlatlari bilan aviaqatnovlarni tiklashni taklif etmoqda

“Rosaviatsiya” rahbari Aleksandir Neradko mamlakat bosh vaziri oʻrinbosari Tatyana Golikova maʼmuriyati va “Rospotrebnadzor”ga shu boʻyicha xat yoʻlladi. Uning fikricha, MDH davlatlari bilan aviaqatnovlarni qayta tiklash ishlarini boshlash kerak. Bu haqda “Kommersant” nashri maʼlum qildi.

11:18 25 Iyun 2020