Welcome to uzbekistan

Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan xitoylik turistlar soni 75,2 foiz qisqarib ketdi

Koronavirus tarqalishining Oʻzbekiston turizm sohasiga taʼsirining birinchi oqibatlari maʼlum boʻldi. Fevral oyida yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik turistlar soni oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 75,2 foiz qisqarib ketgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

15:19 09 Mart 2020
The Telegraph Oʻzbekistonni koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakat sifatida eʼtirof etdi

Buyuk Britaniyaning taniqli “The Telegraph” gazetasi Oʻzbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qoʻshdi. 

21:18 04 Mart 2020
Yerqoʻrgʻonda arxeologik qazishma ishlari olib boriladi

Joriy yilning mart-aprel oylarida Qarshi shahri yaqinidagi qadimiy Yerqoʻrgʻon tarixiy arxeologik majmuasida qazilma ishlari boshlanadi.

16:22 28 Fevral 2020
Oʻzbekiston koronavirusdan xoli mamlakat sifatida qoʻshimcha turistlarni jalb etishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston koronavirusdan xoli degan maqomga ega mamlakat sifatida qoʻshimcha sayyohlarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining rejalashtirish va inson resurslarini rivojlantirish masalalari boʻyicha departament boshligʻi Shuhrat Isaqulov maʼlum qildi.

10:09 28 Fevral 2020
Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida elektron golf klub qurmoqda. Yoxud turizm sohasidagi eng soʻnggi oʻzgarishlar qanday?

Yaqinda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)ning majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Faxriddin Davrukov hamda qator...

09:18 28 Fevral 2020
“Telegraph”: “Yorqin nur taraladigan diyor”

Buyuk Britaniyaning mashhur “Telegraph” gazetasida Sara Uilerning Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan koʻhna va navqiron Samarqand, Buxoro hamda Xiva shaharlari boʻylab sayohati haqida maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

08:54 26 Fevral 2020
Buyuk Britaniyaning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi 

15-21-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Buyuk Britaniyaning oʻnta nufuzli OAV vakillari uchun press-tur oʻtkazildi.

14:11 25 Fevral 2020
Rixiati Salih NAJIB: “Buxoroning 2020-yilda islom madaniyati poytaxti, deb eʼlon qilingani barchamiz uchun muhim voqeadir”

Maʼlumki, dunyodagi sanoqli sharif shaharlardan biri sanalgan Buxoro 2020-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan 13 — 17-aprel kunlari yurtimizda xalqaro miqyosda nufuzli anjuman boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda Islom hamkorlik tashkiloti, YUNESKO mutasaddilari, jahonning taniqli tarixchilari, sharqshunoslari,...

10:10 24 Fevral 2020
Nufuzli “Berlinale” festivalida Oʻzbekistonning kino lokatsiyalari targʻib qilinmoqda

Germaniyada start olgan “Berlinale” kinofestivalida Oʻzbekiston oʻzining milliy stendi bilan qatnashmoqda. “Berlinale” nomi bilan mashhur Berlin xalqaro kinofestivali dunyoning eng nufuzli 5 kinotadbiri roʻyxatiga kiradi. Bu haqda Turizmini rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

08:13 24 Fevral 2020
Birinchi aviaforum Buxoro aeroporti faoliyati rivojiga qoʻshimcha turtki berdi

Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” koʻrgazmalar maydonida “Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum” (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumi yuqori darajada boʻlib oʻtdi. Uning ikkinchi kuni ham qizgʻin tarzda olib borildi. Binobarin, mazkur xalqaro forum davomida Buxoro viloyati hokimligi hamda “Buxoro xalqaro aeroporti” vakillari tomonidan...

10:56 21 Fevral 2020