Sport

Taniqli futbolchi koronavirusga chalindi

Italiyaning “Yuventus” klubi himoyachisi Daniel Rugani koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi. Bu haqda ushbu futbol jamoasi rasmiy saytida xabar berildi.

13:40 12 Mart 2020
Bahodir turnirga chiroyli yakun yasab berdi. “Tokio-2020”ga yetti nafar bokschimiz boradi

Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun boks boʻyicha Tokio-2020 litsenzion turniri oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida terma jamoamizning yetakchi vakillaridan biri Bahodir Jalolov (+91 kg) nafaqat bokschilarimiz, balki turnir hisobidan oxirgi jangida ishtirok etdi.

00:06 12 Mart 2020
Mirazizbekdan keyin Elnur ham finalda raqibini magʻlub etib, oltin medal sohibi boʻldi

Tokio-2020 ishtirokchisiga aylangan bokschimiz Elnur Abduraimov (-63 kg) Iordaniyaning Amman shahrida yakunlanib borayotgan litsenzion turnir finalidagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz final jangini qozogʻistonlik Zakir Safiullinga qarshi oʻtkazdi.

22:50 11 Mart 2020
Bokschi qizimiz dastlabki litsenziyani qoʻlga kiritdi

​Avval xabar berganimizdek, bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha litsenzion turnirning yakuniy bahslariga start berildi.

15:25 11 Mart 2020
Futbol boʻyicha Ispaniya chempionati ham koronavirus tufayli toʻxtatilishi mumkin

Avvalroq, koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida barcha oʻyinlar muxlislarsiz oʻtkazilishi boʻyicha qaror qabul qilingandi.

15:04 11 Mart 2020
Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi yoki bir yoki ikki yilga qoldirilishi mumkin

Bu jahon miqyosida koronavirus infeksiyasini tarqalishi bilan bogʻliq.

11:45 11 Mart 2020
3 bokschimiz finalda, Tursunoy Rahimova esa Olimpiada litsenziyasi uchun ringga koʻtariladi

Bugun Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi musobaqa oʻz yakuniga yetadi. Turnirning soʻnggi kun dasturidan final va Olimpiada litsenziyasi uchun kechadigan bahslar oʻrin olgan.

10:29 11 Mart 2020
Bahodir Jalolov final masalasini ijobiy hal qildi. Oltin uchun kurash olib boradigan vakillarimiz soni uch nafarga yetdi

Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha litsenzion turnirda bugungi kun bellashuvlari yakunlandi. Biroz avval eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov (+91 kg) yarim final jangini oʻtkazdi.

23:25 10 Mart 2020
Olimpiada mashʼalasini yoqish marosimi muxlislarsiz oʻtkaziladi

12-mart kuni Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun mashʼala yoqish marosimi boʻlib oʻtadi.

19:04 10 Mart 2020
Koronavirus tufayli Italiyada barcha, shu jumladan, A seriya oʻyinlari ham vaqtincha toʻxtatildi

Italiyada koronavirus epidemiyasi tufayli barcha sport musobaqalarini vaqtincha toʻxtatishga qaror qilindi. Futbol boʻyicha mamlakat bosh chempionati A seriya oʻyinlari ham 3-aprelgacha boʻlmaydi. Bu haqda ushbu davlat bosh vaziri Juzeppe Konte xabar berdi, deb yozadi Yevrosport.

15:07 10 Mart 2020