Jamiyat

Gulistonda “oʻrmon malikasi” — joʻka gulladi

Guliston shahrining “Xotira” va “Yurt bayrogʻi” maydonlari tegrasidagi lipa daraxtlari bu yil ikkinchi bor qiygʻos gulladi.

15:45 20 May 2019
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun “Sifat yulduzi” joriy etilmoqda

Poytaxt viloyatida turizmni rivojlantirish va turistik xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida 2019 yil 15 maydan eʼtiboran tajriba tariqasida umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyatini baholash va ularga 5 toifadan iborat “Sifat yulduzi” sertifikatini berish tizimi joriy etildi.

15:02 20 May 2019
Namanganda gul sayli boshlanmoqda

Namangandagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻida ellik toʻqqizinchi marotaba gul sayli oʻtkaziladi. Ayni paytda kelayotgan yakshanbada tantanali ochiladigan maftunkor gul sayliga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

13:26 20 May 2019
143 nafar mahkumning ishi qanoatlantirildi, 8 nafari qamoqdan ozod etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni taʼminlash, sud-huquq tizimiga oid muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 18 may kuni Navoiy viloyat aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

12:37 20 May 2019
Vobkentda 32 mlrd soʻm evaziga qurilgan bozor foydalanishga topshirildi

“Vobkent markaziy dehqon bozori” 32 milliard soʻm mablagʻ evaziga qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi. Eʼtiborlisi, keng koʻlamli qurilish – taʼmirlash yumushlarini ikki oyda bajarildi.

11:57 20 May 2019
17 kg simobni 17 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor va Sergeli tumanlarida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullashga uringan shaxslarning kirdikorlari fosh etildi.

10:57 20 May 2019
Buxoroda “Gʻijduvon kulolchiligi va pazandalari” festivali boʻlib oʻtdi

Gʻijduvon tumani markazidagi istirohat bogʻida boʻlib oʻtgan “Gʻijduvon kulolchiligi va pazandalari” festivali Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgan Buxoroyi sharifda milliy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarning ulugʻlanayotganidan darak ekanligini yana bir karra isbotladi.

10:50 20 May 2019
Namanganda doʻstlik va madaniyat festivali

“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida oʻtkazilgan anjuman Namangan davlat universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlarning rahbarlari, universitet oʻqituvchi va professorlari, talabalar ishtirokida “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik...

10:28 20 May 2019
Ishtixonda qotillar 22 mln soʻm va bitta telefon uchun 5 kishini oʻldirgani maʼlum boʻldi

Avval xabar qilinganidek, fuqaro A.X. va uning oila aʼzolari (jami 5 nafar) jasadlari qotillik alomatlari bilan topilganligi holati yuzasidan Bosh prokuraturaning Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

09:07 20 May 2019
Ishtixonda bir oilaning besh aʼzosi oʻlimiga sababchi boʻlgan qotillar qoʻlga olindi

Hozirgi kunda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

21:43 19 May 2019