Jamiyat

Buxoroda tadbirkorlar tomonidan 35 ta avtobus sotib olindi

Bugun yurtimizda avtotransport sohasini jadal rivojlantirish, mazkur yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan xoʻjaliklarni modernizatsiya qilish, korxonalar parkini zamonaviy transport vositalari bilan taʼminlash, bu orqali esa joylarda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

12:05 22 Avgust 2019
Shifokorning qoʻli bogʻlanib, ustiga benzin sepildi — Andijonda inson hayotiga tajovuz

Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bemor Ahmedova Inobatxonning oʻgʻli tomonidan mazkur tibbiyot muassasasining ortopediya va jarohatlar oqibatlari boʻlimi xodimlariga nisbatan tajovuz amalga oshirildi.

12:00 22 Avgust 2019
Qozogʻiston Oʻzbekistonga yirik shoxli chorva sotishni cheklamaydigan boʻldi. Faqat...

Avvaliga barcha turdagi chorva mollarini sotishga taqiq qoʻyish haqida oʻylangan edi, keyin bu fikr oʻzgardi.

11:57 22 Avgust 2019
“Afrosiyob” ning yangi reyslari yoʻlga qoʻyiladi

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼmuriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, 2019-yil 1, 2, 3-sentyabr kunlari “Samarqand – Toshkent – Samarqand” yoʻnalishida 773/774– sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining harakati yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qiladi.

11:50 22 Avgust 2019
Bolalarni emlash pullikmi?!

Ushbu savol hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi oʻrtasida uchrab turadigan eng dolzarb savollardan biri hisoblanadi. Bolalarda faqat “Gepatit A” (xalq tilida “sariq kasalligi”) dan tashqari barcha kasalliklarga qarshi emlash mutlaqo bepul, xavfsiz va qulay, deb yozadi OʻzA.

11:16 22 Avgust 2019
Gulistonda balandligi 65 metrlik davlatimiz bayrogʻi oʻrnatildi

Bugun Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasining purviqor bayrogʻini oʻrnatishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

11:14 22 Avgust 2019
Oʻzbekistonliklar endi Xanti-Mansiysk avtonom okrugida oshpaz boʻlib ham ishlashlari mumkin

2019-yilning 14-avgust kuni Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi oʻrinbosaridan umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qoʻyilgan qoʻyilgan cheklov olingani toʻgʻrisida rasmiy tushuntirish oldi.

11:12 22 Avgust 2019
Mebel tayyorlab berishni vaʼda qilib, fuqarolarni aldab kelgan duradgor qoʻlga olindi

Kogon shahar Zirabod koʻchasida yashovchi, yakka tartibda ishlaydigan, 1982-yilda tugʻilgan S.B. Kogon shahar “Buxoro shoh” koʻchasida joylashgan, yaqinda foydalanishga topshirilgan “Sohibkor dehqon bozori”da savdogarlarning doʻkonlari uchun mebel jihozlari juda zarur ekanligini bilgan.

11:00 22 Avgust 2019
Oʻzbekiston Rossiya avtomobillari importi boʻyicha yetakchiga aylandi

2019-yil birinchi yarmi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar ichida Rossiya avtomobillarini xarid qilish boʻyicha yetakchiga aylandi.

10:45 22 Avgust 2019
Shofirkonda 39 tup nasha, 26 gugurt quti marixuana va ogʻu solingan polimer paketlar topildi

Shofirkon tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2019” tadbirining 2-bosqichi boʻyicha 2019-yil 15-avgust kuni tuman hududida tekshiruvlar oʻtkazildi. Uning davomida, Shofirkon tumani A.Navoiy MFYda yashovchi, 1952-yilda tugʻilgan M.Q. oʻzi istiqomat qilib kelayotgan yashash uyini ekin yer maydonida tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan 39...

10:33 22 Avgust 2019