Jamiyat

Agrobank: “BankExpo – 2019”da ham zamonaviy xizmatlar, ham qiziqarli tanlovlarni taqdim etmoqda

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari “BankExpo – 2019” milliy koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

19:21 12 Aprel 2019
AOKAda Xitoy elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim va XXR ning Oʻzbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Chjan Venchuan bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

18:25 12 Aprel 2019
Sirdaryolik uysiz, tadbirkor ayol respublika boʻylab xayriya tadbirlarini davom ettirmoqda

Avval bir necha bor xabar berganimizdek, Guliston shahrilik yakka tadbirkor Dilfuza Mansurova respublikamiz boʻylab xayriya tadbirlari oʻtkazmoqda. (Xususan, yaqinda bu haqda “Oʻzi uysiz gulistonlik tadbirkor ayol respublikamiz boʻylab xayriya tadbirlarini davom ettirmoqda” degan axborot berilgan edi).

17:55 12 Aprel 2019
Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 mln. tengelik saygʻoq shoxlarini noqonuniy olib oʻtishga urindi

Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaga qariyb 200 mln. tengelik saygʻoq shoxlarini noqonuniy olib oʻtishga urindi.

17:51 12 Aprel 2019
Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 20 ming tonna makulatura olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Qozogʻistonlik chegarachilar bojxona xizmati bilan hamkorlikda Sariogʻoch chegara otryadi uchastkasidagi “Qoplonbek” oʻtkazish punktida 1983 yilda tugʻilgan Qozogʻiston fuqarosini qoʻlga oldilar. U Volvo rusumidagi yuk avtomashinasida Oʻzbekiston chegarasi tomon ketayotgan edi.

17:41 12 Aprel 2019
MIB 180 nafar ishchisiga 450 million soʻm ish haqini undirib berdi

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ijro varaqalariga asosan qarzdor Toshkent viloyati MTPlari birlashmasi AJ  180 nafar fuqarolar foydasiga 450. mln soʻm oylik ish haqi undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining boʻlim ish yurituviga kelib tushgan.

17:37 12 Aprel 2019
Qachongacha qishloq ayollari oʻtin uchun ketmon chopadi?

Har bahorda shu boʻlar takror, deganiday bu yilgi bu tadbirning ham farqli tomonlari yoʻq. Qishloq ayollari chekiga tushgan shu maydonda endi yerni yorib chiqqan chigitlarni papalab parvarishlab beradi.

17:27 12 Aprel 2019
“Gulshan” istirohat bogʻi qachon yana oʻz eshiklarini ochadi?

Tahririyatimizga har kuni gazetxonlardan turli mazmundagi bir qancha maktublar keladi. Ularning ayrimlarida bugungi islohotlar tufayli yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan minnatdorlik ifoda etilgan boʻlsa, baʼzilarida turli takliflar, mulohazalar bayon qilinadi.

17:08 12 Aprel 2019
Jizzaxdagi hududlar yangicha qiyofada (fotojamlanma)

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning yanvar oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatdagi barcha tuman va shaharlar markazlarini Mirzachoʻl tumani markazi Gagarin shahri kabi obod va koʻrkam, aholi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan hududlarga aylantirish vazifasini qoʻygan edi.

16:26 12 Aprel 2019
7 kunda 2,1 mlrd. soʻmlik avtoraqamlar sotildi

2019 yilning 1 aprelidan 7 apreligacha boʻlgan davr mobaynida “OʻzRTXB” AJ da 998,3 mlrd soʻmlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 37,8 foizga koʻtarilib, deyarli 419,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

15:33 12 Aprel 2019