Jamiyat

Sayyor qabulda 9 nafar fuqaro muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud raisining oʻrinbosari X. Yodgorov va Oliy sud sudyalari Jizzax viloyati aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

15:24 16 May 2019
Koreya tajribasi Oʻzbekiston farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishni jadallashtiradi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib turibdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad sogʻliqni saqlash tizimi va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

15:22 16 May 2019
Qurtlagan tovuq goʻshti sotilgani aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda qurtlagan tovuq goʻshti sotilgani haqida video tarqaldi. Unda grill sifatida tayyorlangan tovuq goʻshtining ichidan zararli hasharotlar chiqib kelayotganini koʻrish mumkin.

14:56 16 May 2019
Ishtixonda bir oilaning besh aʼzosi oʻldirib ketildi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida bir oilaning besh nafar aʼzosi qotillik qurboni boʻlgan.

13:35 16 May 2019
Endilikda investorlar oʻzlari istagan davlat tibbiyot muassasasiga investitsiya kiritishi mumkin

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan jadal islohotlar samarasi oʻlaroq xususiy tibbiyot sohasi rivojiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Xususiy tibbiyot tizimini rivojlantirish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va yanada ragʻbatlantirish masalalari”...

12:46 16 May 2019
Oʻzbekiston ichki ishlar organlari BAAdagi “Aqlli politsiya uchastkasi” tizimini oʻrgandi

Yaqinda mamlakatimizning tegishli vazirliklari va idoralari mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻldi.

11:53 16 May 2019
“Har bir texnologiya insoniyatga xizmat qilishi kerak“

STEMM xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga tashrif buyurgan Isroil delegatsiyasi uch guruhdan iborat boʻlib, birinchi guruh professor-olimlardan tashkil topgan va ular oʻzbekistonlik talaba-yoshlarga zamonaviy texnologiyalar haqida ilmiy maʼruzalar oʻqiydilar.

11:19 16 May 2019
Toshkentda “STEMM” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi

Olmazor tumani “Yoshlar markazi“ katta zalida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Isroil Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida “Fan - Texnologiya - Taʼlim, Matematika - Tibbiyot” (STEAM: Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine) nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya...

11:16 16 May 2019
Achilboy Ramatov Toshkent temir yoʻl muhandislari institutiga tashrif buyurdi

Mamlakatimizda taʼlim sifatini,uning jamiyatda kechayotgan islohotlardagi oʻrni va ishtirokini taʼminlamay turib,taraqqiyotga yuz tutish mushkul.Shu maʼnoda,yurtimizda xalqaro talablarga javob beradigan oliy taʼlim tizimini yaratish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.

18:00 15 May 2019
Tomchilatib sugʻorish ishlarining kechiktirilgani deputatlar tanqidiga sabab boʻldi

Joriy yilda tomchilatib sugʻorish tizimlarini qurish ishlari koʻzda tutilgan umumiy 12121 ga maydondan bor yoʻgʻi 4 ming gektarida bajarilgan boʻlib, asosan Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

17:52 15 May 2019