Jamiyat

Qarshi tumanidagi bogʻcha va maktablarga majburiy tartibda bilet sotilmoqda

Qarshi tumanidagi maktab va bogʻchalarga 15-avgust kuni boʻlib oʻtadigan tumanning Mustaqillik bayramiga majburiy tartibda bilet sotilmoqda.

15:58 16 Avgust 2019
Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Usmon Rahimovning Olmaliq shahriga hokim etib tayinlanishi munosabati bilan Hakimov Qahramon Qodirovich Nurafshon shahri hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

15:48 16 Avgust 2019
Amaldorlarning ommaviy axborot vositalariga nisbatan bunday munosabati nomaqbul va takrorlanmasligi kerak

Xalqaro press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti Toshkent shahar, Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Abdurasul Vahobov tomonidan tadbirkorlar va Kun.uz internet nashri muxbirlariga nisbatan amalga oshirilgan qoʻpol harakatlarini keskin qoralaydi.

15:01 16 Avgust 2019
Namangandagi “Xurmatxon aya” qabristoni hududi torayib ketganmi? Davergeodezkadastr qoʻmitasi vaziyatni oʻrgandi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar, Gulobod mahallasida joylashgan “Hurmatxon aya” qabristoni uchun ajratilgan yer maydoni qariyb 4 marotaba torayib ketganligi toʻgʻrisidagi video eʼlon qilingan edi. Mazkur holat Davergeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan oʻrganildi.

14:54 16 Avgust 2019
Kasb-hunar kollejiga oʻqishga kiritishni vaʼda qilgan direktor oʻrinbosari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

14:41 16 Avgust 2019
Q.Doʻstmuhamedova: “AQSHda “Tanovar” va “Buyuk ipak yoʻli” ansambllari tuzildi”

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi tomonidan Vashingtonda oʻzbek raqs sanʼatini oʻrganish boʻyicha uch kunlik dastur tashkil etildi. Unda 10 ta shtatdan oʻzbek xalqi tarixi, madaniyati va koʻp asrlik qadriyatlariga qiziquvchi yigirmaga yaqin tinglovchi ishtirok etdi.

14:39 16 Avgust 2019
IIV 51-son manzil-koloniya mahkumi boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqida tarqatilgan xabar Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Maʼlum boʻldiki, Toshkent shahrida joylashgan 51-son manzil-koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni foydali mehnatga jalb etish maqsadida “UY JOY...

13:57 16 Avgust 2019
Boysun tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosiga boshqa tashkilotlar noqonuniy joylashtirilganmi? XTV ushbu holatni oʻrganib chiqadi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi “Tuzbozor” mahallasida yashovchi nafaqadagi oʻqituvchi Hakim Poʻlatov murojaatnomasini oʻz vakolati doirasida oʻrganib chiqadi va tegishli davlat organlariga masalani hal etish uchun yuboradi.

13:29 16 Avgust 2019
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ oʻz mijozlarini firibgarlar haqida ogohlantirdi

Unda shunday deyilgan:“Sizga maʼlum qilamizki, ayni paytda, baʼzi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida Samsung Galaxy S10mobil telefonini yutib olish imkoniyati mavjudligi borasida amalga oshirilayotgan aksiya haqida spam-xabar tarqatilmoqda. Sovrinni olish uchun firibgarlar 18 000 soʻm miqdoridagi yetkazib berish toʻlovini soʻramoqda.

13:27 16 Avgust 2019
Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Abdurasul Vahabov qonun oldida javob berishi shart

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Olmazor tumani hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari Abdurasul Vahabovni Kun.uz xodimlariga davlat organi xodimiga xos boʻlmagan tarzda muomalada boʻlgani, bu bilan cheklanmay, ijodiy jamoa xodimlaridan videotasvirga olmaslikni talab qilib, operatorga tashlangani, tahririyatga...

12:39 16 Avgust 2019