Jamiyat

Nukuslik oʻquvchi yoshlar oʻrtasida yangicha harbiy musobaqa oʻtkaziladi

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tashabbusi bilan shu yilning 19-oktyabr kuni nukuslik oʻquvchi yoshlar oʻrtasida harbiylashgan sport musobaqasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda ushbu okrug matbuot xizmati xabar berdi.

16:09 17 Oktyabr 2019
Vashingtonda Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumi va yana bir nufuzli anjuman boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari Vashington shahrida Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumi, shuningdek, Savdo va investitsiyalar boʻyicha doiraviy bitim kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

15:55 17 Oktyabr 2019
Tuman hokimi paxta yigʻim-terimida ishtirok etdi

Zomin tumanida paxta yigʻim-terimi qizgʻin pallaga kirgan. Bugungi kunda paxta xirmonining yuksalishiga barcha tumanlar kabi Zomin ham oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

15:55 17 Oktyabr 2019
Yapon kompaniyalari Oʻzbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha tenderda ishtirok etadi

Joriy yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi natijasiga koʻra mamlakatning “Itochu Corporation” va “Marubeni Corporation” kabi yetakchi kompaniyalari “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi obyektlarini boshqarishni (SCADA) joriy etish bilan Oʻzbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini modernizatsiyalash”...

15:14 17 Oktyabr 2019
Zamini zar Surxon

Surxondaryo viloyati qulay agro iqlim sharoitiga ega hudud ekanligi bois yiliga 3-martagacha hosil olish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, ertapishar sabzavot, poliz va  subtropik mahsulotlar yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha katta tajriba orttirilgan. Shuning evaziga viloyatning eksport salohiyati ham ortib boryapti.

15:13 17 Oktyabr 2019
“Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 23-yalpi majlisida maʼqullangan “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi va kuchga kirdi.

15:03 17 Oktyabr 2019
Rossiyalik dermatologlar kam uchraydigan kasallik bilan xastalangan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi

Respublika Vazirlar Mahkamasining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan aksiyada Rossiya Federatsiyasining I.M. Sechenov nomli Moskva birinchi davlat tibbiyot universiteti hamda N.F. Filatov nomidagi bolalar klinik shifoxonasi va Namangan viloyat teri-tanosil...

15:01 17 Oktyabr 2019
Toshkentda “Madam Tyusso” kabi mashhur yulduzlarning mum-haykallar muzeyi ochildi

Toshkent shahrining yangi bogʻida, “TashkentCity” hududida “Yulduzlar muzeyi” mum muzeyi ochildi. Bu joy nafaqat mahalliy aholi, balki ichki va tashqi turistlarning ham sevimli joylaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

14:50 17 Oktyabr 2019
TerDUda yangi inshootlar foydalanishga topshirildi

Surxondaryo viloyatidagi nufuzli oliy taʼlim muassasasi boʻlgan Termiz davlat universitetida ayni paytda 14 000 nafar talaba tahsil olmoqda. Joriy oʻquv yilidan boshlab universitetda 4 ta yangi fakultet ochilib, qabul qamrovi oshdi. Ulardan biri bu maktabgacha taʼlim fakulteti boʻlib, uning talabalari...

14:42 17 Oktyabr 2019
Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozon shahriga shoshilinch qoʻndirildi

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti(HY633 qatnovi) Qozon shahriga shoshilinch ravishda qoʻndi.

14:25 17 Oktyabr 2019