Jamiyat

MAGATE vakili Fukusima va Chernobil halokatlarining inson salomatligiga nisbatan taʼsiri oʻta oshirilganini bildirdi

Onlayn nashrimizda Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

11:46 20 Avgust 2019
Xitoy raisi oʻrinbosari Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

2019-yilning 19-avgust kuni rasmiy tashrif bilan Pekin shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Raisining oʻrinbosari Van Sishan tomonidan qabul qilindi.

11:16 20 Avgust 2019
Moʻynoqda 5,7 milliard soʻmlik yopiq suzish havzasi va sport zali qurildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani markazida 18x36 oʻlchamdagi zamonaviy sport zali hamda 25x11 oʻlchamdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

11:12 20 Avgust 2019
Krasnodarda YTH oqibatida oʻzbekistonlik 6 kishi jabrlandi. Ikki kishi vafot etdi

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasiga 2019-yilning 5-avgust kuni Krasnodar oʻlkasining Temryuk tumanida yoʻl-transport hodisasi natijasida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanganlari toʻgʻrisida rasmiy xabar kelib tushdi. Ikki kishi vafot etgan, ulardan birining shaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarimiz kasalxonaga joylashtirildi.

11:11 20 Avgust 2019
Yerni xususiylashtirish bizga nima beradi?

Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlarining uylari, korxonalari va boshqa mulklari joylashgan yerni xususiylashtirib olish imkoniga ega boʻldilar.

10:47 20 Avgust 2019
Navbatdagi zamonaviy elektrovozlar keltirilishi arafasida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K elektrovozi bilan toʻldiriladi.

10:43 20 Avgust 2019
Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi”AJ maʼmuriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, ayni kunda haftaning juma, shanba hamda yakshanba kunlari “Toshkent-Samarqand- Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchilarni oʻz manziliga yekazib qoʻyayotgan №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining harakat jadvaliga oʻzgartirish...

10:42 20 Avgust 2019
Yangi Bojxona kodeksi loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi. Uning amaldaginisi 2016-yilda qabul qilingan edi.

10:36 20 Avgust 2019
IIV Yangibozor tumani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati yetkazildi degan xabar boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi

Joriy yilning 16-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumani IIB xodimlari tomonidan jinoyat, aynan oʻgʻrilik jinoyatini sodir etishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan fuqaro B.Sapayevga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

10:24 20 Avgust 2019
Nyu-Yorkda oʻzbekistonlik politsiyachi oʻgʻirlikda ayblanmoqda

Nyu-York politsiya xizmatchisi, asli buxorolik Sadoqat Maqsudova 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan doʻkondan chiqib ketayotganida qoʻlga olingani aytilmoqda, deb xabar berdi BBC.

10:16 20 Avgust 2019