Jamiyat

Tugʻilgan kunga olib kelingan “gazli” havo pufakchalari yorilib ketdi. Oqibatda bir kishi jarohat oldi

Bugun soat 12:50da Mirzo-Ulugʻbek tumanida joylashgan uylardan birida tabiiy gaz bilan toʻldirilgan havo pufakchalari yorilib ketgan. Gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 16 yoshli V.A. kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

15:43 10 Aprel 2019
Energetik ichimliklar savdosi va reklamasi tartibga solinadi

XXI asr insoniyatga keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Pirovardida turli ixtiroyu kashfiyotlar qilinmoqda. Lekin yangiliklarning foydasi bilan birga, zararli tomonlari ham yoʻq emas. Oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash sohasidagi izlanishlar samarasi oʻlaroq kashf etilgan, kishiga energetik quvvat beruvchi ichimliklar misolida buni koʻrish mumkin.

15:15 10 Aprel 2019
Turizmga investitsiya – kelajakka sarmoya

Joriy yilning 8 aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yilning I choragida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda davlat rahbari tomonidan investitsiyalarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini...

14:51 10 Aprel 2019
Toshkentda korxona va tashkilotlar kiberhimoyasining zamonaviy usul va uslublari muhokama qilinadi

23 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Security Trends Central Asia 2019 anjumani boʻlib oʻtadi.

14:42 10 Aprel 2019
Fargʻonada AQSH dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Unda ATB “Agrobank” Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSH dollari qalbaki...

14:37 10 Aprel 2019
Buxorodagi suv toshqinlari boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Joriy yilning 9 aprel kuni soat 04:00 da boshlangan surunkali yomgʻir yogʻishi natijasida, Buxoro shahrining “Amirobod”, “Hofiz Tanish Buxoriy”, “Rohat”, “Chorboqoli”, “Mirzo Gʻofur”, “Havzinav”, “Ozod”, “Nizomiy”, “Tursunoy”, “Kamolot”, “Tinchlik”, “Yangiobod”, “Tagband Bofon”, “Furqat” “Xoʻja Porso” koʻchalari shuningdek, Buxoro tumani “Sheyxoncha”...

14:32 10 Aprel 2019
Nyu-Yorkda Uber va Lyft taksi haydovchilari Oʻzbekistonning tarixiy shaharlarini targʻib qilishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi hamda “Vatandosh” diaspora tashkiloti tomonidan AQSHda Oʻzbekistonning milliy turizm brendini ommalashtirish, vatandoshlar bilan yaqin aloqalarni oʻrnatish va Amerika jamoatchiligiga oʻzbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi haqidagi maʼlumotlarni yetkazish maqsadida, “Oʻzbekistonga...

14:23 10 Aprel 2019
Endi harbiy xizmatga ketuvchilar maxsus tanlovlardan oʻtkaziladi

Hukumat qarori (291-son, 09.04.2019 y.) bilan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

14:06 10 Aprel 2019
Islom sivilizatsiyasi markazi hududiga bir yarimta “Paxtakor” stadionini joylashtirish mumkin

Islom sivilizatsiyasi markazida Xalqaro Press-klubning media-turi boʻlib oʻtmoqda. Unda jurnalistlar va talabalar, markaz qurilishi va uning kelgusi faoliyatiga masʼul vakillar qatnashmoqda.

13:32 10 Aprel 2019
Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli toʻlovga sotib olish imkoniyati yaratildi

GM Uzbekistan “Oʻzagrosugʻurta” AJ bilan birgalikda Chevrolet Malibu va Tracker avtomobillarini 2 yil muddatli toʻlovga sotib olishni taklif qiladi.

12:25 10 Aprel 2019