Recommended

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holati tanqidiy tahlil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

20:54 20 Mart 2019
Xorijliklar qaysi filmlarimizga koʻproq xaridor boʻlishmoqda?

Avval xabar berganimizdek, Respublika kinoprokat markazi shu yilning 18 mart kuni Xitoyning Gonkong shahrida boshlangan 23-Xalqaro “FILMART” kino va televizion filmlar kino bozorida ishtirok etish orqali ilk marotaba oʻzbek milliy filmlarini xalqaro maydonda taqdim qilmoqda.

20:15 20 Mart 2019
Oʻzbekiston baxtli mamlakatlar reytingidagi oʻrnini yaxshiladi

BMTning barqaror rivojlanish yechimlari boʻyicha boʻlimi 2019 yilgi World Happiness Report yillik hisobotini eʼlon qildi.

11:53 20 Mart 2019
Prezident yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi...

20:34 19 Mart 2019
“Shov-shuv koʻtarishdan kimga naf?” yoxud tarqatilgan notoʻgʻri xabardan bir oilaning yuzi yerga qaradi, mahalliy hokimiyatga tuhmat qilindi

15 mart kuni “Ozodlik” radiosining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Andijonlik tadbirkor hokimga qip-yalangʻoch yechinish bilan norozilik bildirdi” sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilindi-yu, mahalladagina emas, butun respublikamizda (xorijda ham) duv-duv gap tarqaldi. “Oʻrmonga oʻt ketsa, hoʻlu quruq barobar yonadi”, deganlaridek aybi bormi-yoʻqmi,...

21:19 18 Mart 2019
Davlat boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtgan davra suhbati “Koʻngil koʻzi” loyihasining taqdimotiga bagʻishlandi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi anjumanlar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan “Koʻngil koʻzi” loyihasi taqdimotiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

19:50 18 Mart 2019
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati axboroti

Majburiy ijro byurosi oʻz ishini Prezidentimizning 2017 yil 29 mayda imzolangan PF-5059-sonli Farmonida belgilangan tartibda bajarmoqda va kelgusida Byuro faoliyatini, uning nomini va bevosita boʻysunuvchi yuqori tashkilotini oʻzgartirish yoki almashtirish koʻzda tutilmayapti.

23:08 17 Mart 2019
Inom Majidov talabalarga qanday vaʼda berdi?

15 mart kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan onlayn muloqot oʻtkazdi. Bu haqda vazirlikning “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalida xabar berildi.

23:16 16 Mart 2019
Yangi institutning vazifalari nimalardan iborat?

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Oʻzstandart” agentligi huzurida Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilinadi.

23:04 16 Mart 2019
Sherzod Shermatov: gazetalar obunasining tushib ketishiga men aybdor emasman

Yana shuni taʼkidlashni istardimki, maktablarda majburiy obunani cheklash borasidagi ishlarimizni notoʻgʻri talqin qilayotgan, meni gazeta oʻqimaydigan, matbuotning dushmaniga aylantirib qoʻygan turli xabarlarni eshityapman. Shaxsan mening ish stolimda har kuni gazetalar turadi. Ertalab ishimni “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Pravda Vostoka” va...

22:11 16 Mart 2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning koʻp tarmoqli “Humo arena” sport kompleksining tantanali ochilish marosimidagi nutqi

Butun koʻp millatli xalqimizni, ushbu tadbirimizning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini bugungi tarixiy voqea — “Humo arena” sport saroyining ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

02:28 16 Mart 2019
“Humo Arena” Oʻzbekiston sporti tarixida yangi sahifa ochadi

Bugun Toshkent shahrida “Humo Arena” koʻp tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

21:34 15 Mart 2019
Samarqandda 25 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik moddalari bilan savdo qilish tarmogʻi fosh etildi. Ushbu jinoyat toʻri Samarqand viloyatining Tojikiston bilan chegara yaqinidagi tumanlarida aniqlangan. Bu haqda DXX Chegara qoʻshinlari matbuot xizmati...

19:40 14 Mart 2019
Universitetlarga kiritish boʻyicha yirik korrupsiyaviy sxema fosh etildi

Singerning rejasi boʻyicha, taʼlim olishdagi qiyinchiliklar bahonasi bilan ularning farzandlari imtihonlari kechiktirilgan. Keyin ular maʼmurlari Singerga tanish boʻlgan Texas yoki Kaliforniyadagi maktablardan birini tanlashgan. Sxemaning yana bir ishtirokchisi esa imtihon kuni yo toʻgʻri javoblarni berib turgan yoki testdagi xatolarni toʻgʻrilab...

19:24 14 Mart 2019
Namanganda 7 tonnadan ziyod sumalak pishiriladi. Buning uchun qozon tayyorlanmoqda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rekord hajmda sumalak pishirish uchun qozon tayyorlanmoqda.

17:44 14 Mart 2019
“Tuproqqalʼa” arxeologik obidasida nimalar boʻlmoqda?

Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda “Tuproqqalʼa” arxeologik obidasida mahalliy hokimiyat tomonidan mardikorlar yordamida rekonstruksiya ishlari olib borilyapti, bu ishlardan Madaniyat vazirligi va mutasaddi tashkilotlar bexabar” qabilida gap-soʻzlar aylana boshladi. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha madaniy meros obyektlarini muhofaza...

17:27 14 Mart 2019
Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekistonda meningit kasalligi keng tarqalganini inkor etdi

Soʻnggi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda aholi oʻrtasida meningit kasalligi keng tarqalganligi haqida xabarlar paydo boʻlmoqda.

11:01 14 Mart 2019
Prezident yangi Qonunga imzo chekdi

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunga imzo chekdi.

02:16 14 Mart 2019
Islohotlar samaralarining okean ortidagi eʼtirofi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlari uchun AQSHning “StrategEast” markazi tomonidan taqdirlandi.

01:00 14 Mart 2019