Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

10:54 29 Avgust 2018
Jahon banki prezidenti davlatimiz rahbariga minnatdorlik maktubini yoʻlladi

Sizga Jahon banki va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida oʻzaro ishonchga asoslangan muloqot va konstruktiv sheriklik yoʻlga qoʻyilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

09:41 29 Avgust 2018
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Sizni va Oʻzbekiston xalqini katta mamnuniyat ila Mustaqillik kuni bilan tabriklayman. Amerika Qoʻshma Shtatlari mamlakatingiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining qatʼiy tarafdori boʻlib qoladi va biz mamlakatingiz mustaqilligining 27 yilligini erkin va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida nishonlayotganingizdan xursandmiz.

09:37 29 Avgust 2018
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Prezident Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va xalqi nomidan, shaxsan oʻz nomimdan Sizni va doʻst Oʻzbekiston xalqini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklash va eng ezgu tilaklarni bildirishga ijozat bergaysiz.

09:18 29 Avgust 2018
Avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni avtomobil transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish, xalqaro xamkorlikni rivojlantirish, transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

09:12 29 Avgust 2018
Oʻzbekiston Prezidenti sentyabrda Tojikistonga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Prezideti Shavkat Mirziyoyev 27-28 sentyabr kunlari Tojikistonga ishchi tashrif bilan boradi. Prezidentimiz MDH davlat rahbarlarining Dushanbeda boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Aziya-Plyus” manbasi xabar berdi.

11:42 28 Avgust 2018
“Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27 avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida ham ushbu yoʻnalishdagi islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga qaratilgan bir qator muhim qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

11:08 28 Avgust 2018
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Afgʻoniston rahbari bilan uchrashdi

2018 yilning 27 avgust kuni Kobul shahriga amaliy tashrif bilan borgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

10:24 28 Avgust 2018
“Shavkat Mirziyoyev — bosh islohotchi”

“BRICS Business Magazine” jurnalining ingliz tilida chop etiladigan nashri muqovasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fotosurati bilan “Bosh islohotchi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

17:31 27 Avgust 2018
Shavkat Mirziyoyev Moldova Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

14:18 27 Avgust 2018