Iqtisodiyot

Nukusda “Nukus Agrominitex — 2020” koʻrgazmasi ochildi

Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnika va texnologiyalarining “Nukus Agrominitex-2020” koʻrgazmasi tashkil etildi.

13:44 18 Noyabr 2020
Uzauto Motors 2020-yilda 582,6 mlrd soʻm yigʻimni byudjetga toʻlamagan. Yigʻim xaridorlar hisobidan undiriladi

Uzauto Motors kompaniyasi 2020-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd soʻm yigʻimni toʻlamagan. 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yigʻim avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yigʻim xaridorlar hisobidan undiriladi.

13:25 18 Noyabr 2020
Byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat boʻlishi kerak

Hozirgi davr byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yana-da takomillashtirishni taqozo etmoqda. Boisi mamlakat rivoji, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, islohotlar samaradorligiga erishishda Davlat byudjeti ochiqligi va shaffofligi muhim oʻrin tutadi. Bu borada byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni...

22:43 17 Noyabr 2020
Chiroqchidagi “Obod” MFY tomorqachilari piyoz yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Chiroqchi tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi tomorqasidan moʻl daromad topayotgan Jamshid Narzullayev, Hamdam Shirinov va Nurali Kulobov xonadonlarini koʻzdan kechirdi. Ularga zarur tavsiyalar berdi. Lekin bu hududda yer...

17:25 17 Noyabr 2020
Ijtimoiy tadbirkorlik — mamlakatimizda nodavlat ijtimoiy himoya siyosatini rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadam

Mamlakatimizda aholining zaif qatlamini ijtimoiy himoyalash masalasi doim davlatimiz diqqat markazida boʻlib kelgan va bugungi kunda ham bu dolzarb masalaga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ammo bugungi davr ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni hal etishda yangicha yondashuvlarni, xalqaro tajribalarni qoʻllagan holda nodavlat ijtimoiy...

17:14 17 Noyabr 2020
Oʻzbekistonga banan importi kamaygan

Oʻzbekiston 2020-yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 15,3 mln. AQSH dollariga teng 23,1 ming tonna banan sotib olgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga yoki 3,5 mln. AQSH dollariga kam.

13:30 17 Noyabr 2020
Xurmo eksporti 20,9 ming tonnaga oshdi

Oʻzbekiston 2020-yilning dastlabki 10 oyida xorijga qiymati 25,0 mln. AQSH dollariga teng 48,3 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 20,9 ming tonnaga yoki 5,7 mln. AQSH dollariga koʻp. Oʻzbekiston xurmosi asosan Qozogʻiston, Rossiya...

11:57 17 Noyabr 2020
Ochiq, shaffof, barqaror, samarali va yaxlit davlat xaridlari tizimini yaratish — bugungi kun talabi

OʼzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi. Albatta, bu Qonun loyihasini ishlab chiqishga juda koʻp omillar sabab boʻlayotganini aytib oʻtish joiz. Toʻgʻri, bugungi kunda mamlakatimizda davlat xaridlari sohasi 20 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy...

11:34 17 Noyabr 2020
Jomboyda 7 ming tonnadan ortiq meva mahsulotlari eksportga chiqarildi

Bugungi kunda Jomboy tumandagi mavjud 19 ming 650 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarining 11 ming 235 gektarida boshoqli don ekinlari,1 ming 203 gektar yerda paxta, 3 ming 331 gektarida sabzavot, 170 gektarida kartoshka va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari parvarishlanmoqda.

10:10 17 Noyabr 2020
Oʻzbekistonda soʻnggi 10 oyda salkam 72 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonda jami 71 trln. 858,0 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2019-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 109,1 % ni tashkil etdi.

22:14 16 Noyabr 2020