Iqtisodiyot

Payariqda zamonaviy issiqxonalar soni yana bittaga koʻpayadi

Payariq tumani «Oʻrtasaydov» mahallasi hududida «Sputnik Ideal Star» MCHJ tomonidan Vengriya davlati investorlari bilan hamkorlikda Koreya texnologiyalari asosida qiymati 10 million AQSH dollariga teng yangi issiqxona bunyod etilmoqda.

10:09 11 Noyabr 2020
Fermer xoʻjaligiga 64 mingdan ziyod naslli joʻjalar keltirildi

Samarqanddagi «Navobod naslli parranda» koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi tomonidan 2020-yilning aprel-mart oylari davomida 88 ming 335 bosh naslli joʻjalar keltirilgan. Parrandachilikda naslchilikn yana-da takomillashtirish maqsadida korxona tomonidan Vengriya davlatidan 64 ming 868 bosh ROSS-308 naslchilik joʻjalari keltirildi.

10:03 11 Noyabr 2020
“Yer haydasang kuz hayda...

...kuz haydamasang yuz hayda”, — degan naql bor xalqimizda. Darhaqiqat, kuzda haydalgan yerning ozuqalik quvvati yuqori boʻlib, bu mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ayni damlarda hududlarda paxtadan boʻshagan maydonlarni shudgorlash ishlari davom etmoqda.

09:59 11 Noyabr 2020
Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 0,4 foizga oʻsdi

2020-yilning 9 oylik yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 foizga (2019-yilning 9 oyligida 5,9 foizga) oʻsdi.

09:47 11 Noyabr 2020
57 nafar asakalik asosiy daromad manbaiga ega boʻldi

Mamlakatimizda aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni daromadga yoʻnaltirish, ijtimoiy holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etildi. Ayni paytda hududlarda xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolarning ijtimoiy holatlari oʻrganilmoqda. Daftarlar tarkibiga kiruvchilarga amaliy yordam berish...

09:44 11 Noyabr 2020
Oʻzbekiston sentyabr oyida qariyb 35 ming tonna uzum eksport qildi

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, qiymati 84,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 86,5 ming tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 ming tonnaga koʻp.

09:24 11 Noyabr 2020
Endi quruvchini aniqlashda reytinglar ham “gapiradi”

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va ushbu qaror asosida “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

18:25 10 Noyabr 2020
«Mikrokreditbank» kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun “KDB BankUzbekistan” kredit liniyasini jalb qildi

«Mikrokreditbank» respublikadagi eng yirik va barqaror oʻsib borayotgan tijorat banklaridan biri sifatida ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Bank va “KDB BankUzbekistan” oʻrtasida tuzilgan yangi shartnoma shundan dalolat beradi.

17:03 10 Noyabr 2020
O'zbekistondan qovun eksporti qariyb 3 baravarga oshgan

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga Oʻzbekiston qiymati 20,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 52,1 ming tonna qovun eksport qilgan.

16:57 10 Noyabr 2020
Elektr energiyasi uzilishlarining sabablari nimada va bu yoʻnalishda qanday ishlar qilinmoqda?

Elektr taʼminoti barqarorligiga taʼsir qiluvchi asosiy omillardan biri – bu mavjud elektr stansiyalari va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishdir. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Energetika vazirligi tomonidan muntazam ish olib borilmoqda, bu esa joriy yilda elektr energiyasidagi uzilishlar sonini ikki baravar kamaytirishga imkon...

12:07 10 Noyabr 2020