Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda joriy yilda qancha paxta hosili yigʻib olindi?

Республикада жорий йилда 1 млн 34 минг гектар майдонда ғўза парвариш қилиниб, 3 млн 82 минг тонна ёки белгиланган ялпи ҳосилга нисбатан 99,4 фоиз пахта хом ашёси тайёрланди.

18:22 30 Noyabr 2020
Samarqandda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 18,7 mingta loyiha moliyalashtirilgan

Viloyatdagi tijorat banklari tomonidan joriy yilning oʻtgan 10 oyida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan tadbirkorlarga 5 trillion 462 milliard 494 million soʻm kredit ajratildi.

17:54 30 Noyabr 2020
Jomboyda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 450 milliard soʻmdan oshdi

2019-yil yakunida roʻyxatdan oʻtgan kichik biznes subyektlari soni 963 tani tashkil etgan boʻlsa, hozir 1170 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan davlat byudjetiga 1 milliard 72,3 million soʻmlik soliq toʻlovlari toʻlandi. 1134 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

17:52 30 Noyabr 2020
Vodiy nihollari Qashqadaryoda kurtak yozadi

Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrifi chogʻida viloyatda bogʻ va tokzorlarni koʻpaytirish, hosildorligini oshirishda vodiy tajribasidan unumli foydalanish haqida mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar bergan edi. Shu asosda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal...

17:30 30 Noyabr 2020
Joriy yilda hozirga qadar qariyb 27 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib chiqarilgan — M.Abdullayev

— Gaz qazib chiqarish boʻyicha bu yilgi rejaga koʻra, 34 milliard kubometr belgilangan. Bugungi kunga kelib 27 milliardga yaqin tabiiy gaz qazib chiqarilgan.

16:09 30 Noyabr 2020
Denovda yongʻoqzor barpo etiladi

Xabaringiz bor, joriy yil 9-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Unda tumanda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirishdan tortib yoʻl-transport infratuzilmasi, ichimlik suv taʼminoti,...

13:51 30 Noyabr 2020
Chorvadorlar naslchilik qoidalariga qay darajada amal qilyapti?

Nurota azal-azaldan chorvachilikda dong taratgan hudud. Bepoyon yaylov, chorvabop qiru adirliklarda mol bosh sonini koʻpaytirishning bir qator imkoniyatlari mavjud. Mazkur resurslarda soʻnggi yillarda keng foydalanish, xususan chetdan naslli qoramollar keltirish va mahalliy qoramollar zotlarini yaxshilash boʻyicha ham qator ishlar amalga...

13:48 30 Noyabr 2020
UzAuto Motors ilk bor 150 mln. yevrogacha boʻlgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit jalb etmoqda

“UzAuto Motors” AJ hamda Credit Suisse AG kompaniyasi London boʻlimi 150 mln yevrogacha boʻlgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi. Bu haqda AJ axborot xizmati xabar berdi.

11:46 30 Noyabr 2020
Qozogʻiston Oʻzbekiston savzavotlarida ToBRFV virusi bor yoki yoʻqligini tekshiradi

Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistondan keltirilayotgan sabzavotlarni ularda jigarrang burishiqli virus (ToBRFV) bor yoki yoʻqligini tekshiradi. Bu haqda vazirlikka tayanib Sputnik manbasi xabar berdi.

11:20 30 Noyabr 2020
Xususiy korxonada 40 turdagi tibbiyot dori-darmonlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi “Biostandart” xususiy korxonasi tomonidan yangi loyihaga asos solindi. Natijada 40 turdagi tibbiyot dori-darmonlari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

10:59 30 Noyabr 2020