Klaster

Klaster Quyi Chirchiq tumanini qishloq xoʻjaligida ilgʻorlar safiga olib chiqdi

Mana, ikkinchi yildirki, Quyi Chirchiq tumani dehqonlari davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejani Toshkent viloyatida birinchi boʻlib bajardilar. Bugungi kunga qadar yigʻishtirib olingan paxta hosili 34 ming tonnadan oshdi. Oʻrtacha hosildorlik belgilangan 34 sentnerni tashkil etmoqda.

14:40 15 Oktyabr 2020
Sholi hosili klasterning oʻzida qayta ishlanadi

“TCT Rice” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yetishtirilgan bu yilgi sholi hosili klasterning oʻzida toʻliq qayta ishlanadi. Buning uchun Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” MFY hududida qiymati 14 milliard soʻmlik loyiha — “Sholini qayta ishlash va saqlash majmuasi” bunyod etildi.

17:52 06 Oktyabr 2020
Pilladan uchinchi hosil yigʻildi

— Avvallari yilda bir marta hosil olarlik, — deydi kasanachi Mohiraxon Abdusalomova. — Bugungi kunga kelib uchinchi hosilni yigʻyapmiz. Buning uchun tumanimizda tutning yangi navi parvarishlanmoqda. Qolaversa, pillachilarga yaratilayotgan sharoit va qulayliklar ham ortmoqda. Masalan, endilikda pillachilar kasanachi hisoblanadi va...

13:07 11 Sentyabr 2020
Yuqori hosildorlikka qanday erishish mumkin?

Eʼtirof etishlaricha, keyingi paytda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida dehqonchilik madaniyati tubdan oʻzgardi. Agrar soha mutaxassislari, tajribali olimlar buni qishloq xoʻjaligida ish yuritish va mahsulot yetishtirishning klaster usuliga oʻtilgani bilan izohlashmoqda. Chunki tumandagi mavjud ekin maydonlari “TCT Cluster” klasteri ixtiyoriga...

18:11 06 Sentyabr 2020
Klaster tufayli baliqchilik agrar usuldan sanoat usuliga oʻtmoqda

Katta avlod vakillarining aytishicha, ilgari baliq narxi mol goʻshtinikidan besh barobar arzon boʻlgan! Bugun-chi? Bozorda baliqning bahosi qancha? Supermarketlarda-chi? Baliqning ayrim turlari mol va qoʻy goʻshti narxiga yetib olgani ayni haqiqat. Davlat statistika qoʻmitasining hisobotida keltirilishicha, 2020-yilning oʻtgan sakkiz oyi...

18:31 04 Sentyabr 2020
Qorakoʻlchilik klasterlari tashkil qilinadi

Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish boʻyicha qorakoʻlchilik...

11:15 03 Sentyabr 2020
Yozyovondagi klasterda forel, osyotr kabi baliqlarni koʻpaytirish rejalashtirilmoqda

Ayni paytda viloyatning Oltiariq tumani uzumchilik, Quva anorchilik, Quvasoy shahri giloschilik kabi tarmoqlarga ixtisoslashyapti. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida esa baliqchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoit bor. Tumanda “Ibragimov Doston fayz” baliqchilik klasteri tashkil etilib, Xitoy texnologiyasi boʻyicha baliqni sanoat...

09:35 27 Avgust 2020
Popdagi echkichilik klasteri belaruslik hamkorlar bilan 120 ming dollarlik shartnoma imzoladi

Maʼlumotlarga qaraganda, ichki bozorda bir kilogrammi 150 ming soʻmga boradigan echki yungidan 10 donadan paypoq va sharf, 3 tagacha roʻmol toʻqish mumkin. Bu, anchagina pul, degani. Pop tumanida mazkur serdaromad sohaga eʼtibor qaratilib, angor echkilari va hisori qoʻylarni koʻpaytirishga ixtisoslashtirilgan...

17:36 20 Avgust 2020
Gʻalla klasterlarida nima muammo? Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari javob qaytardi

Axborotda keltirib oʻtilganidek, respublikada 200 ming gektar maydonda gʻalla klasterlari tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 2019-yil oxirida 117,2 ming gektar yerda fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomalari asosida hamda 40,4 ming gektar klasterlarning oʻziga ajratib berilishi bilan jami 124 ta gʻalla...

13:44 17 Iyul 2020
Paxtachida klasterchilar mineral boyitilgan un ishlab chiqarishmoqchi

“Mirzayev Shuhrat Kenjayevich” gʻallachilik klasteri bankdan 1 million 340 ming dollarlik kredit olib Turkiyaning “Emash Makina Sanay” co.LTD kompaniyasidan zamonaviy tegirmonlar keltirildi. Ushbu tegirmonlar turkiyalik mutaxassislar boshchiligida 60 kunda yigʻib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

17:54 14 Iyul 2020