Telegramʻning zaif joyi topildi. Begonalar akkauntlarni buzib kirishgani aniqlangan. Undan qanday himoyalanish mumkin?

Kiberjinoyatchilar Telegram messenjeridagi akkauntni buzib kirish yoʻlini topishdi. Gap shundaki, jinoyatchilar yangi qurilmaga kirishda olinadigan SMS-kodlar yordamida akkauntga kirish imkoniyatiga ega boʻlishyapti. Bu haqda “Vedomosti” nashri Group IB kompyuter kriminalistikasi laboratoriyasi mutaxassislari maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

13:57 04 Dekabr 2019
Diqqat! Poytaxt markazidagi yirik bepul avtoturargoh butunlay yopildi 

Toshkent shahrining Amir Temur va Shahrisabz koʻchalari kesishmasidagi chorraha yonida joylashgan yirik bepul avtoturargoh 4-dekabrdan yopildi.

12:19 04 Dekabr 2019
Namanganda elektr taʼminotida cheklovlar toʻxtatildi. Tabiiy gaz bosimi ham koʻtarildi. Bu kunlar ilib qolganiga bogʻliq emasmi?

Namangan viloyati hududida aholiga elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar toʻxtatildi.

12:14 04 Dekabr 2019
Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksportini toʻxtatdi. Uning oʻrnini Turkmanistonniki egallaydi

Mamlakatlar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, Tojikiston elektr energiyasini faqat oʻziga yetarli boʻlgan oylarda Oʻzbekistonga ham yetkazishi mumkin.

11:05 04 Dekabr 2019
Orolboʻyida stomatologik koʻriklar oʻtkazildi

Toshkent davlat stomatologiya instituti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorlikda “Bor mehrimiz shu xalq uchun, shu Vatan uchun!” shiori ostida xayriya haftaligi tashkil etildi. Unda Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq, Taxiatosh, Qoraoʻzak, Nukus va boshqa hududlarida chuqurlashtirilgan stomatologik koʻriklar oʻtkazildi.

11:01 04 Dekabr 2019
OAVda eʼlon qilingan “Turkmanenergo”dan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar koʻtara olmayapti” degan xabarlar notoʻgʻri

Joriy yilning 2-dekabr kuni Daryo.uz saytida “Turkmanistondan kelgan elektr energiyasi sababli Samarqanddagi baʼzi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi” sarlavhali material eʼlon qilindi. Unda 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekistonga “Turkmanenergo” davlat energetika korporatsiyasi tomonidan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar koʻtara olmayapti, deya...

10:59 04 Dekabr 2019
Murojaat eʼtiborsiz qoldirilmadi: “Nakurt“ MFYda tuman tez tibbiy yordam boʻlimining yangi shoxobchasi ish boshladi

“Nakurt“ mahalla fuqarolar yigʻini Payariq tumani markazidan qariyb 70 kilometr olisda, togʻli hududda joylashgan. Mazkur mahalla fuqarolar yigʻini tasarrufidagi Nakurt, Boshmoq, Ulfatan, Qizil olma, Lolahovuz, Bektoʻpi qishloqlarida qariyb 7 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

10:57 04 Dekabr 2019
YouTube rahbari farzandlariga YouTube kanalini koʻrishga ruxsat bermasligini tan oldi

YouTube bosh direktori Syuzan Voychiski oʻz farzandlariga YouTube kanalida video koʻrishlariga ruxsat bermas ekan. Faqat bolalar uchun moʻljallangan YouTube Kids versiyasidan, shunda ham qisqa muddatda foydalanish uchun izn berishini maʼlum qildi. U bu haqda CBS kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

10:56 04 Dekabr 2019
Ravon Rossiyada narxlarini tushirdi

Ravon brendi yangi yil bayrami oldidan Rossiyada oʻz avtomobillari narxini tushirdi. Bu haqida kompaniya rasmiy sahifasida xabar qilingan.

10:54 04 Dekabr 2019
Gʻaroyib olma navi yaratildi. Uning sifati 1 yilgacha buzilmaydi. Qanday qilib?

Dekabr oyidan AQSHdagi doʻkonlarda yangi Cosmic Crisp navli olma sotuvga chiqarildi. Ushbu mevaning oʻziga xos jihati shundaki, uni muzlatgichdan bir yilgacha sarxil holda saqlash mumkin. Mazkur olmani seleksiya ishlari 1997-yilda boshlangan edi, deb yozadi Tj manbasi.

10:49 04 Dekabr 2019
Gaz “zapravkalari“ 30,4 mlrd. soʻmlik gazni oʻgʻrilagani maʼlum boʻldi

Oʻrganish natijalariga koʻra 16 ta korxonalar tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi taʼsir koʻrsatilganligi natijasida gaz taʼminoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln soʻm zarar keltirilganligi aniqlandi.

10:47 04 Dekabr 2019
Azaga aylangan toʻy: kuyov toʻy kuni arafasida pichoqlandi

Toʻy xalqimizning eng shirin “tashvish”laridan biri. Bunday deyishimizning boisi, toʻy sohiblari topgan-tutganini sarflab, yetmaganiga qarz olib, uni toʻlash tashvishlari bilan yelib yugursa-da, hamma shu tashvishni orzu qiladi. Abdumalik aka (ism-shariflar oʻzgartirildi) ham ana shunday shirin tashvishlar bilan toʻy boshlab yubordi....

10:36 04 Dekabr 2019
Qozogʻistonliklar Rossiya va Oʻzbekistonga eng koʻp pulni joʻnatishayotgani maʼlum boʻldi

Qozogʻistonliklarning joriy yil 10 oy davomida xorijga yuborgan mablagʻlari chet eldan qabul qilinganiga nisbatan koʻpaygani maʼlum boʻldi. Bu haqda zakon.kz finprom tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.

10:29 04 Dekabr 2019
Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi (YEI) oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligiga 25 yil toʻldi

Yaqinda poytaxtda Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi (YEI) oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 25 yilligiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.

10:27 04 Dekabr 2019
Yurtimizda uchinchi marta “Asal bayrami“ va asalarichilik mahsulotlari koʻrgazma yarmarkasi oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktyabrdagi “Respublikada asalarichilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, jumladan, asalarichilik sohasida erishilgan yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish va bu sohadagi ilgʻor davlatlarning yutuqlarini oʻrgatish, aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri asal hamda asalari mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish...

10:25 04 Dekabr 2019
Fargʻona viloyati hokimiga videomurojaat qilgan margʻilonlik yigit hech qanday maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 15 sutkaga qamalmagan

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda aholining elektr-energiyasi va tabiiy gaz taʼminotidagi taqchilliklar yuzasidan noroziliklari boʻyicha turli xabarlar tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. Fargʻona viloyatida holat haqiqatdan ham shundaymi? Bundan norozi boʻlgan fuqarolar jazoga tortilmoqdami? Muxbirimiz holatga oydinlik kiritdi.

10:22 04 Dekabr 2019
YEXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-yil 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Kayetana De Zuluyeta Outram boshchiligidagi YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

10:15 04 Dekabr 2019
Xorijda ochilgan saylov uchastkalari faoliyati qoniqarlimi?

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chet davlatlarda ochilgan saylov uchastkalari faoliyatini qonunchilik talabiga binoan tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning saylovga oid konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarishda muhimdir.

10:14 04 Dekabr 2019
Oʻzbekiston va Rossiya harbiylarining hamkorlikdagi qoʻshma oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

Sharqiy harbiy okrug “Gʻurumsaroy” dala-oʻquv maydonda “Sharq – 2019” Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiya harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi taktik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

10:12 04 Dekabr 2019
Alisher Usmonovga tegishli samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi

Bort raqami M-IABU boʻlgan Airbus 340 samolyoti I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

18:46 03 Dekabr 2019