“Sultana”: “Oʻzbekistonda byudjeti 20 million dollar boʻlgan tarixiy serial suratga olinadi

Oʻzbekistonda “Sultana” nomli tarixiy teleserialni suratga olish ishlari boshlanadi. Loyihani MDHdagi eng yirik televizion kontent ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan “Star Media” kinokompaniyasi amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida “Star Media” asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan boʻlib...

11:26 07 Oktyabr 2019
Temir yoʻl chiptalari narxi arzonlashtirildi. Bu komissiya yigʻimiga ham tegishli

Joriy, 2019-yil 1-oktyabrdan Oʻzbekistonda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamayganligi sababli temir yoʻl chiptalari narxi mos ravishda pasaytirildi.

11:24 07 Oktyabr 2019
Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi boʻldi

Termiz shahrida Oʻzbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev kurash federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda kurash federatsiyasi matbuot xizmati maʼlumot berib oʻtdi. Nigʻmatilla Yoʻldoshev bir ovozdan Oʻzbekiston kurash federatsiyasi...

11:20 07 Oktyabr 2019
“Keksalarda xislat koʻp, soʻzlarida hikmat koʻp”

Respublikamizda oktbyar oyining 1 haftasi “Keksalarni eʼzozlash haftaligi” deb eʼlon qilindi. Haftalik doirasida jumladan, Andijon viloyatida ham oʻnlab tadbirlar boʻlib oʻtdi. Jumladan, barcha shahar va tumanlardan tashrif buyurgan 300 nafar keksa otaxon va onaxonlarimiz ishtirokida viloyatning eng diqqatga sazovor joylariga...

11:17 07 Oktyabr 2019
Hindlar Xorazmda melodramma suratga oladi

Oktyabr oyining ohirgi haftasida Xorazm viloyatiga Hindistonning “PANORAMA STUDIOS PVT. LTD.“ kinokompaniyasi ijodkorlari tashrif buyurishadi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad melodramma janridagi “Khuda Haafiz” nomli filmni Xorazm viloyati hududida suratga olishdir.

11:11 07 Oktyabr 2019
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

11:05 07 Oktyabr 2019
Universitet va institutlarda avtoturargohlar yetarlimi?

Bugun Samarqand shahridagi qaysi oliy oʻquv yurtiga borsangiz, atrofdagi koʻchalarda qatorlashib turgan yengil mashinalarni koʻrasiz...

10:58 07 Oktyabr 2019
Nemis mennonitlari avlodlari Xorazmda

Joriy yil bahorida Xivadagi “Ichanqalʼa” muzey qoʻriqxonasida XIX asr oxirida taqdir taqozosi bilan Xorazmga kelib qolgan va vohada deyarli ellik yilga yaqin yashagan nemis mennonitlari hayotiga bagʻishlab yangi ekspozitsiya tashkil etilgan edi.

10:56 07 Oktyabr 2019
Fargʻona shahrida 40 milliard 356 million soʻmlik sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Ikki yil davomida qurib bitkazilgan ushbu yangi sport koshonasida yakka kurashlar turlariga ixtisoslashtirilgan 4 ta zal va 4 ming oʻrinli katta arena barpo etilgan. Endilikda bu yerda oʻgʻil-qizlar kurash, gimnastika, boks, milliy kurash, karate, dzyudo, sambo kabi 20 ga yaqin...

10:34 07 Oktyabr 2019
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi.

10:29 07 Oktyabr 2019
Davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi.

10:25 07 Oktyabr 2019
Sherzod Qudratxoʻjayev: “Bu galgi saylovda oilaviy ovoz berish kabi eskicha yondashuvlarga chek qoʻyiladi”.

“Yangi Oʻzbekiston. Yangi saylovlar!”. 2019-yil, 22-dekabr kuni mamlakat parlamenti va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylov ana shu shoir ostida, Oʻzbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksi asosida boʻlib oʻtadi. Saylovlarda beshta siyosiy partiya oʻz nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega. Partiyalarning saylovoldi targʻibot...

10:23 07 Oktyabr 2019
Termizda oʻtkazilgan xalqaro kurash musobaqasi gʻoliblari jami 100 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi

Shu yilning 5-6-oktyabr kunlari Termiz shahridagi “Alpomish“ stadionida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XIV xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.

10:07 07 Oktyabr 2019
Nukusda “Guloyim” operasining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Guloyim” operasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston sanʼat arbobi Najimaddin Muxammedinov “Qirqqiz” dostoni asosida yozgan, librettosi esa Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Guliston Matyoqubova tomonidan tayyorlangan mazkur operada Guloyim boshqargan qirq qizning ozodlik uchun...

10:03 07 Oktyabr 2019
Sayyor qabul sharofati bilan yosh tadbirkor Shofirkonda yirik loyihani amalga oshirdi

Buxoro viloyati hokimining 2018-yilda oʻtkazgan sayyor qabullaridan biriga shofirkonlik yosh tadbirkor Kamoliddin Qayumov katta umid bilan borgan, pirovardida ishonch bilan ortga qaytgandi.

09:07 07 Oktyabr 2019
Navoiyda BAA kompaniyasi FES quradi. U tenderda gʻolib boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 15-17-may kunlari AQSHga amalga oshirgan tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarga binoan, Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt.ga teng boʻlgan birinchi FES qurilishi uchun maydoncha tanlandi.

20:23 05 Oktyabr 2019
Saylovlarda siyosiy partiyalar, mahalliy kuzatuvchilar va OAV qanday tartibda ishlaydi?

2019-yil 5-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

20:23 05 Oktyabr 2019
Oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.

20:21 05 Oktyabr 2019
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeks ishlab chiqiladi

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi.

20:20 05 Oktyabr 2019
“Turkiy elim, sen azaldan buyuk eldirsan!”

​​​​​​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bagʻdat Amreyevni qabul qildi.

20:11 05 Oktyabr 2019