CAFA U-15 championship: O‘zbekiston Afg‘onistonni yuta olmay ikkinchi bo‘ldi

09:58 31 Iyul 2018 Sport
268 0
Foto: olympic.uz

“CAFA U-15 championship” turniridan o‘rin olgan so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“Milliy” stadionida o‘tkazilgan o‘yinda o‘smirlarimiz afg‘onistonlik raqiblarga qarshi maydonga chiqib, 0:0 hisobidagi nursiz durangni qayd etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Eron terma jamoasi futbolchilari birinchi o‘rinni egallashdi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi o‘zbekistonlik o‘smirlar ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsalar, kuchli uchlikka tojikistonlik yosh charm to‘p ustalari yakun yasab berishdi.

5-tur. 30 iyul

O‘zbekiston – Afg‘oniston 0:0

Tojikiston – Eron 0:3

Turkmaniston – Qirg‘iziston 0:4

O‘yinlar nihoyasiga yetgach, “Milliy” stadionda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Marosimda OFK vakili Vohid Kardaniy, O‘FA va PFL mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?