Byudjet tashkilotlarining 62 nafar rahbari va mansabdor shaxslari javobgarlikka tortildi

16:25 14 Iyul 2018 Iqtisodiyot
520 0
Illyustrativ foto

Joriy yil birinchi yarmida Moliya vazirligi tomonidan byudjetdan mablag‘ oladigan tashkilotlar va muassasalarda 2837 ta tekshiruv o‘tkazildi.

Natijada dahshatli manzara paydo bo‘ldi. 2334 ta holatda umumiy qiymati 279,2 milliard so‘m moliya tartiblariga rioya etilmagan holda sarflangani aniqlandi. Xususan, 35,2 milliard so‘m kamomad qilingan va o‘zlashtirilgan, noqonuniy xarajatlar 122,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan, Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘laridan 120,7 mlrd. so‘mdan maqsadsiz foydalanilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvlar davomida yo‘qotilgan mablag‘larning bir qismi – 56,8 mlrd. so‘m qaytarildi. 1547 ta holat bo‘yicha materiallar qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi uchun huquq-tartibot organlariga berilgan. Masalan, “O‘zpaxtasanoat” tizimida 25,2 mlrd. so‘m noqonuniy sarflangani aniqlandi.

Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarining 62 nafar rahbari va mansabdor shaxslari umumiy qiymati 34,1 million so‘mlik ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda yurtimizda o‘z lavozimini suiste’mol qilib poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarni amalga oshirgan bir guruh yuqori mansab egalari qo‘lga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?