Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti bitiruvchisi davlat qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar boʻldi

16:15 19 Sentyabr 2019 Jamiyat
99 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17-sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Ulugʻbek Ahmadovich Aʼzamov Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Aʼzamov Ulugʻbek Ahmadovich, 1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, 2002-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini “Xalqaro turizm menejmenti va mehmondoʻstlik” yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Tayinlovga qadar Ulugʻbek Ahmadovich Aʼzamov Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?