Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi nomi maʼlum boʻldi

18:33 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
263 0
Arxiv foto

Kelgusi yozda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Kristofer Allan oʻrnini Tim Torlot egallaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya TIV xabar berdi.

Toshkentdagi diplomatik missiyasini 2015 yilda boshlagan hozirgi elchi Kristofer Allan boshqa ishga oʻtadi.

61 yoshli Tim Torlot 1981 yildan buyon diplomatik xizmatlarda ishlab keladi. U Buyuk Britaniyaning Ummon, Yangi Zelandiya, Chili, Iroq(elchi yordamchisi) va Yaman(elchi), shuningdek, TIV tuzilmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2016 yildan buyon Arab yarimoroli va Eron boʻlimida ishlamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?