Buyuk Britaniya nashri: “Hozir O’zbekistonga diqqat jalb etishning ayni vaqti”

10:30 02 Mart 2018 Welcome to uzbekistan
820 0

Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Europe & Middle East Outlook Magazine” jurnalining yozishi, hozir O’zbekistonga diqqat jalb etishning ayni vaqtidir.
“Hozirgi hukumat tomonidan qabul qilingan qator muhim qarorlar hamda sarmoyaviy muhitda ro’y bergan diqqatga sazovor o’zgarishlar tufayli O’zbekiston e’tibor tortishning markazi bo’lib qolmoqda”, deb qayd eatdi ushbu nashr.
Ushbu material joriy yil may oyida bo’ladigan Global Oil & Gas Uzbekistan G’ OGU 2018 22-xalqaro ko’rgazmasi va konferentsiyasiga bag’ishlangan. 
Ma’lumki, mazkur anjuman an’anaviy ravishda tarmoq kompaniyalari, sohaning ishbilarmon doiralari va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillarini o’z atrofiga to’playdi. Tadbirning biznes-dasturi texnologik “davra suhbatlari” va seminarlarni o’z ichiga olgan bo’lib, bularning barchasi mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlash va yangi amaliy aloqalarni yo’lga qo’yish uchun juda qulay imkoniyatni yaratadi.
“Ko’rgazma va konferentsiya kon-qidiruv loyihalari, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbaalari, neft-gaz uskunalari, uglevodorod xom-ashyosini chuqur qayta ishlashga yo’naltiriladigan sarmoyalarni jalb etish, neft-kimyo sanoati loyihalari va boshqa yo’nalishlardagi hozirgi holat hamda uning istiqbollarini baholash imkonini beradi”, deb yozadi nashr.
Britaniya jurnali o’tgan yillar davomida orttirilgan tajriba xususida to’xtalar ekan, mazkur ko’rgazma va konferentsiya keng qamrovli sarmoyaviy loyihalarda ishtirok etadigan dunyo neft-gaz jabhasi etakchilarining o’rtasida ishonch qozonganini alohida qayd etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?