Buyuk ajdodlarimiz haqida film olish uchun 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi

13:25 15 Avgust 2019 Madaniyat
273 0

“Huquqiy axborot” kanali davlat rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonidagi bir qator nou-xaularga toʻxtalib oʻtildi.

Farmonga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan:

- turizm faoliyati subyektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSH dollari miqdorida qoplab beriladi;

- xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston hududida audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi (“rebate”) bitta mahsulot uchun 300 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

-Oʻzbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari toʻgʻrisidagi toʻliq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

-tadbirkorlik subyektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yoʻnalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qoʻngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi har bir loyiha uchun 10 million soʻm miqdorida qoplanadi;

- tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha moddiy madaniy meros obyektlari hududlariga 5 tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalarining kirishiga cheklov qoʻyiladi;

- YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari va davlat muhofazasiga olingan yodgorliklar hududida faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?