Buyuk ajdodimiz haqidagi film xalqaro festivalda qatnashadi

15:28 29 Oktyabr 2019 Jamiyat
77 0

Noyabr oyining 1-7 kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida oʻtkaziladigan “Yorqin farishta” festivalida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziy” filmi ijodkorlari ham ishtirok etadi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Ushbu festival 2003-yilda tashkil etilgan va 2007-yildan buyon xalqaro maqomga ega boʻlib, unda asosan bolalar, oʻspirinlar va oilaviy tomosha qilish uchun suratga olinadigan filmlar qatnashishi mumkin.

Festival dasturi tanlov komissiyasi tomonidan Maʼnaviy ekspertlar kengashi bilan birgalikda tuziladi. Gʻoliblar “Eng yaxshi badiiy film”, “Hujjatli film”, “Animatsion kino”, “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyalari boʻyicha aniqlanadi.

“Yorqin farishta” kinofestivali yillar davomida Rossiya va xorij rejissyor, ssenariynavis va prodyuserlarini yaxshi, yorqin kinolarni yaratishga undab kelmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?