Burgut 8 yoshli qiz bolaga hujum qildi (video)

16:32 16 Iyul 2018 Dunyo
925 0
Foto: nlkg.kg

Yaqinda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ton tumanida bo‘lib o‘tgan “Teskey jeek” etnofestivalida burgut 8 yoshli qizga hujum qildi. Bu haqda Kaktus.media manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, qizcha ovchi qushlarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan maydonchaga yugurib chiqib ketib qolgan. Shu paytda burgut o‘rgatuvchilardan biri o‘z qushini dressirovka qilayotgan edi. Yirtqich qush esa yugurib kelayotgan qizni ko‘rib unga tashlangan va yelkasiga tirnoqlarini botirib olib, cho‘qiy boshlagan. Baxtiga, qiz yuzini berkitishga ulgurgan. Yaqin atrofdagi etnofestival ishtirokchilari qushni darhol haydab yuborishgan.

Jabrlangan qiz tezda shifoxonaga olib borilgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga ruxsat berishgan.

Burgutning hujumi u hayvonlarga hujum qiladigandek kuchli bo‘lmagan. Qizni shifoxonaga olib borgan kishining aytishicha, bu yerda hech kimni ayblab bo‘lmaydi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, qiz o‘z singlisi bilan festivalda ishlayotgan onasining oldiga kelgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu etnofestival dasturidan ko‘chmanchilarning urf-odatlari, o‘yinlari, hunarmandlar ko‘rgazmalari qatori ovchi qushlar bilan ko‘rgazmali chiqishlar ham o‘rin olgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?