Bunyodkor va Kichik halqa yo‘li kesishmasidagi ko‘prik nima uchun ta’mirlanayotgani izohlandi

Toshkent shahridagi Bunyodkor va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlanmoqda.
Ushbu inshootni ta’mirlash ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prikqurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan olib borilmoqda.
Jamiyat matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, ushbu yo‘l o‘tkazgich Prezidentimizning shu yil 29 martdagi tegishli qaroriga muvofiq, modernizatsiya qilinayotgan bo‘lib, u tez orada butunlay yangicha qiyofa kasb etadi.
Ayni paytda bu yerda ko‘priksozlar tomonidan yo‘l o‘tkazgichning tayanch qismlari va oraliq to‘sinlari ta’mirlanib, yoritish tizimlari, xizmat ko‘rsatish yo‘lakchalari va tashqi ko‘rinishi yangilanyapti. Inshootning texnik holati esa muhandis va mutaxassislarning doimiy nazorati ostida. Shu bois mazkur chorrahada avtomobillar harakati cheklangan.
Yo‘l o‘tkazgich yaqin kunlar ichida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: