Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik iyunda foydalanishga topshiriladi (Fotoreportaj)

16:56 30 Aprel 2018 Jamiyat
766 0
Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

​Poytaxtimizning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida joylashgan mazkur mahobatli ko‘prik “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan qurilayapti.

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

Jamiyat matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi. Estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi 24,5 metrni tashkil etadi. Yirik inshoot jami 21 ta ustun oralig‘ida barpo etilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"

E’tiborlisi, bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar yaratiladi. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi, shuningdek, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatiladi.

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"


Yangi bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimi ham jahon andozalariga mos ravishda bo‘ladi. 

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so‘zi"


Yangi ko‘prik joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshiriladi. 

Dilshod ULUG‘MURODOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?