Bundan buyon ovchi qushlarga ham pasport beriladi

Bundan buyon Qirgʻizistonda ovchi qushlar egalari oʻz jonivorlariga chip oʻrnatish va ular uchun pasport(identifikatsiya kartasi) yuritishga majbur boʻladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Mamlakat atrof muhit va oʻrmon xoʻjaligi davlat agentligi direktori tomonidan shu boʻyicha buyruq chiqarilgan. Ayni paytda chip va hujjatlarni ishlab chiqish hamda tayyorlash boʻyicha tanlov eʼlon qilingan. Shunday qilib kelgusida chipsiz va pasportsiz ovchi qushlarni Qirgʻizistondan olib chiqib ketish yoki u yerga olib kirish taqiqlanadi, qolaversa, musobaqalarga qoʻyilmaydi.
Bundan oldin ovchi yirtqich qushlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari tasdiqlangandi. Unga koʻra davlat ekologik ekspertizasi ruxsatini olgan shaxslargina ana shunday huquqqa ega hisoblanadi. Barcha qushlar maxsus jurnalga kiritiladi. Roʻyxatdan oʻtkazilmagani musodara qilinadi.
Boquvchi har bir qushni uch metrga toʻrt metrlik va balandligi uch metrlik atrofi oʻralgan joy, tegana, suvdon, qoʻnoq bilan taʼminlashi kerak. Qush boqiladigan joy tozaligiga qatʼiy rioya etilishi, havo aylanish va drenaj kanali tizimi oʻrnatilishi lozim. U yerda havo harorati Selsiy boʻyicha 25 darajadan yuqori boʻlmasligi, 15 darajadan past boʻlmasligi ham belgilab qoʻyilgan.
Qolaversa, ov paytida qushlarning quvvatini oshiruvchi, aslida ularning sogʻligiga zarar yetkazuvchi preparat(doping kabi)lardan foydalanish ham taqiqlandi. Egasi ovga yaroqsiz qushlar taqdirini davlat mutasaddilari bilan hal etishi lozim. Bu borada uchta yoʻl bor – tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborish, reabilitatsiya markaziga joʻnatish yoki hayvonot bogʻiga berish.
Hisob-kitoblarga koʻra, ayni paytda Qirgʻizistonda 200ga yaqin kishi yirtqich qushlarni boqadi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: