Buloqboshilik fuqaro o’z xonadonida bog’cha tashkil qildi

16:32 05 Aprel 2018 Jamiyat
2908 0

Buloqboshi tumanidagi Yuksalish mahallasida yashovchi 25 nafar bolajon endi qo’shni mahalladagi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashlariga hojat qolmadi.

Gap shundaki, shu mahallada yashovchi Mavludaxon G’afurova o’zi istiqomat qilayotgan xonadonda 25 o’ringa mo’ljallangan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etdi. 55 million so’m shaxsiy mablag’ hisobiga barpo etilgan bu maskanda o’zbek tili bilan bir qatorda rus va ingliz tillarida ham mashg’ulotlar tashkil etilgani, ayniqsa, ota-onalarga manzur bo’lmoqda.

— Ushbu maskanning foydalanishga topshirilishi biz ota-onalar uchun nihoyatda quvonchli bo’ldi, — deydi uy bekasi Ziyodaxon Abdullajonova. — Bu erda yaratilgan sharoitlar bizga ma’qul. Besh nafar xodimlarning bari malakali. Bu kabi ezgu ishlarning ko’lami yanada ortishidan umidvormiz.

Bugungi kunda Andijon viloyatida 500 ta davlat va 3 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning o’zida jami 325 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurib, foydalanishga topshirish ko’zda tutilgan. Shulardan 14 tasi aynan Buloqboshi tumanida faoliyat yurita boshlaydi. 

Saminjon HUSANOV. /“Xalq so’zi”/  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?