Buloqboshida yangi gaz koni ochildi

14:28 11 Iyul 2019 Iqtisodiyot
469 0

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yana bir yangi gaz koni ochildi. “Chaqar“ nomi biban ataluvchi bu konning 1 kunlik debiti 300 ming kubometrga teng boʻlib, u 1710 metr chuqurlikdan olinmoqda.

Mart oyidan buyon olib borilgan burgʻilash ishlari natijasida aniqlangan ushbu konda tez kunlarda gaz kondensatini oʻrganish, tarkibiy qismlarning parametrlarini aniqlash ishlari olib boriladi. Qolaversa, yana ikkita quduqda burgʻilash ishlari boshlanish arafasida.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?