“Buxoroning yetti piri” teatrlashtirilgan sahna asari namoyish etildi

14:55 22 Fevral 2019 Welcome to uzbekistan
411 0

Arxiv foto

Istam Ibrohimov, “Xalq soʻzi online” xabar qiladi. Buxoroda boʻlib oʻtayotgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumi doirasida tadbir qatnashchilari uchun “Buxoroning yetti piri” deb nomlangan teatrlashtirilgan sahna asari namoyish etildi.

Maʼlumki, Buxoro oʻzining qadimiy yodgorliklari, tabarruk qadamjolari bilan bir qatorda diniy va dunyoviy ilm ravnaqiga benihoya katta hissa qoʻshgan olimu ulamolari,aziz – avliyolari bilan ham mashhur.Sahna asarida ana shunday buyuk ajdodlarimiz — Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Xoʻja Orif Revgariy, Xoʻja Anjir Fagʻnaviy, Xoʻja Romitaniy, Boboyi Samosiy, Miri Kulol hamda Bahouddin Naqshbandiylar tomonidan ilgari surilgan maʼnaviy – maʼrifiy gʻoyalar oʻz ifodasini topgan. Ular bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagani bilan anjuman ishtirokchilari eʼtiborini oʻziga tortdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, viloyat madaniyat boshqarmasi qoshida tashkil etilgan maqom ansambli tomonidan “Buxoro shashmaqomi” dan namunalar ijro etildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “Buxoro shashmaqomi” YUNЕSKOning nomoddiy madaniy merosi obyektlari roʻyxatidan oʻrin olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?