Buxorolik boʻlajak olima qandli diabetga chalingan bemorlar uchun maxsus poyabzal yaratdi

19:33 14 Fevral 2019 Jamiyat
453 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi Online”, Istam IBROHIMOV/Buxoro. Dunyoda qandli diabetdan aziyat chekayotgan odamlar koʻp.Oyoq tovoni diabeti ushbu xastalikning bir turi sanaladi.

Buxoro muhandislik – texnologiya instituti doktoranti Madinabonu Muhammedova shu kasallikka chalingan bemorlar uchun maxsus poyabzal yaratdi.

— U oyoqqa tushadigan bosimni pasaytiradi, tovondagi qon aylanishini yaxshilaydi, — deydi qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar uchun ratsional poyabzal konstruksiyasi va texnologiyasini yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan M. Muhammedova. — Biz bir guruh bemorlarga shu poyabzalni taqdim etgan holda tajriba – sinov ishlarini olib bordik.Ular oyogʻidagi jiddiy yalligʻlanishlar atigi bir oyda barham topdi.

Buxoroda boʻlib oʻtgan “Qish –2019” koʻrgazmasida boʻlgʻusi olimaning izlanishlari koʻpchilikning eʼtiborini tortdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?